Page 35 - PISA 2025 - Raqamli dunyoda o‘rganish
P. 35
Raqamli ta’lim muhitida konstruktivizm imkoniyatlari yanada kengayadi.
Interaktiv simulyatsiyalar, virtual laboratoriyalar va o‘yinga asoslangan ta’lim
platformalari (game-based learning) o‘quvchilarga bilimni tajriba orqali “kashf
qilish” imkonini yaratadi. O‘qituvchi esa tayyor bilimni yetkazuvchi emas, balki
jarayonni boshqara turib o‘quvchilarning mustaqil izlanishlariga yordam berib
yo‘naltiruvchi vazifasini bajaradi.
Bilim olish jarayonida atrof-muhit va ijtimoiy
muloqotning muhimligini ta’kidlaydi. Ushbu
yondashuvga ko‘ra, insonlar yangi bilim va xulq-
atvorni boshqalarni kuzatish, taqlid qilish va
hamkorlik orqali o‘zlashtiradilar. Ta’lim jarayoni
Ijtimoiy o‘rganish
nazariyasi yakka tartibdagi o‘rganishdan ko‘ra, jamiyat va
madaniy muloqot orqali samaraliroq kechadi.
Bugungi raqamli dunyoda bu yondashuvlar ayniqsa dolzarb bo‘lib, onlayn
platformalar keng ko‘lamli ijtimoiy o‘qish muhitini yaratadi. Forumlar, ijtimoiy
tarmoqlar va hamkorlikdagi hujjatlar (masalan, Google Docs) orqali o‘quvchi-
larga bilimni birgalikda muhokama qilish, fikr almashish hamda tanqidiy tahlil
qilish imkonini beradi. Masalan, dasturlashni o‘rganishda ta’lim oluvchi onlayn
kodlash platformalariga o‘z dasturini joylashtirib, tajribali mutaxassislardan
fikr-mulohaza oladi. Shu tariqa ular nafaqat texnik bilimlarini, balki jamoaviy
ishlash va tanqidiy tahlil qilish ko‘nikmalarini ham rivojlantiradi.
II Bob. PISA 2025 - Raqamli dunyoda o‘rganish | 33