Page 36 - PISA 2025 - Raqamli dunyoda o‘rganish
P. 36
Raqamli dunyodagi o‘rganish jarayonining o‘ziga xos
jihatlarini tushuntiruvchi zamonaviy nazariyalardan
biri bo‘lib, bilim individual shaxsning ongida emas, balki
keng axborot tarmoqlari va raqamli platformalar orqali
shakllanishini ta’kidlaydi. Ushbu yondashuvga ko‘ra,
Aloqa o‘rnatish inson bilimni mustaqil ravishda o‘zlashtirish bilan
nazariyasi cheklanmaydi, balki global tarmoqlarga ulanib, mavjud
resurslardan foydalangan holda yangi bilim hosil qiladi.
An’anaviy ta’lim tizimlarida o‘quvchilardan ma’lumotni yodlash va uni qayta
takrorlash talab qilinsa, aloqa o‘rnatish nazariyasi axborot asrida ma’lumotni
yodlashdan ko‘ra, uni izlab topish, tahlil qilish va samarali qayta ishlash
ko‘nikmalari muhimligini ta’kidlaydi.
Shu bois, raqamli savodxonlik, ishonchli axborot manbalarini ajratish va
tegishli soha bo‘yicha bilim resurslariga ulangan holda zarur bilimlarni
o‘zlashtirish qobiliyatlari zamonaviy ta’lim nazariyalari uchun ustuvor
yo‘nalishga aylangan.
Bu yondashuv o‘quvchilarning mustaqil o‘rganish qobiliyatlarini rivojlan-
tirishga, axborot oqimlarini boshqarishga va zamonaviy texnologiyalardan
samarali foydalanishga urg‘u beradi.
34 | PISA 2025 — Raqamli dunyoda o‘rganish