Page 37 - PISA 2025 - Raqamli dunyoda o‘rganish
P. 37

PISA DOIRASIDA RAQAMLI DUNYODA


             O‘RGANISH


            Zamonaviy ta’limning rivojlanishi bevosita raqamli texnologiyalar bilan bog‘liq

            bo‘lib, innovatsion vositalarning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Bugungi

            kunda  raqamli  texnologiyalar  ta’lim  jarayonlarini  yanada  samarali  va  sifatli
            tashkil  qilish  imkoniyatlarini  kengaytirmoqda.  Ta’lim  tizimlarining  xalqaro
            darajadagi  sifatini  aniqlash,  ularni  isloh  qilish  va  rivojlantirishda  esa  PISA

            xalqaro baholash dasturi muhim o‘rin tutadi.


            Ushbu dasturning 2025-yilgi baholash davrida an’anaviy uchta yo‘nalish (ya’ni
            matematika, o‘qish va tabiiy fanlar) bilan bir qatorda yangi innovatsion yo‘nalish

            sifatida “Raqamli dunyoda o‘rganish” modulini joriy qilgan.












                                                                  Bilimni            Real hayotga
                     Axborotni               Tahlil
                        izlash               qilish               mustaqil         oid masalalarni
                                                                  egallash             yechish




            Bu moduldagi baholashda o‘quvchilarning raqamli texnologiyalar yordamida
            axborotni  izlash,  tahlil  qilish,  raqamli  muhitda  bilimni  mustaqil  egallash,
            hamda o‘zlashtirilgan  bilimlari  asosida  real hayotga  oid masalalarni yechish

            kabi ko‘nikmalari baholanadi. Shuningdek, ular o‘z o‘quv jarayonini mustaqil

            boshqarish,  vaqtni  samarali  rejalashtirish,  o‘z  bilimlarini  tahlil  qilib  borish
            hamda kompyuter vositalaridan foydalangan holda hisoblash, modellashtirish
            va ijodiy izlanishlar olib borish qobiliyatlariga ham alohida e’tibor qaratiladi.


            PISA 2025 testlari o‘quvchilarga raqamli texnologiyalar yordamida interaktiv

            vazifalar  va  materiallarni  taqdim  etuvchi  elektron  ta’lim  muhiti  shaklida
            loyihalashtirilgan bo‘lib, o‘quvchilar turli onlayn resurslar, qo‘llanmalar,

            videodarslar, simulyatsiyalar va boshqa elektron resurslardan, berilgan
            masalani  bosqichma-bosqich  mustaqil  hal  qilishlari  kerak  bo‘ladi.  Muhim

            jihati  shundaki,  o‘quvchilar  qaysi  resurslarni  qancha  vaqt  o‘rganish,  qaysi



                                                         II Bob. PISA 2025 - Raqamli dunyoda o‘rganish   | 35
   32   33   34   35   36   37   38   39   40   41   42