Page 39 - PISA 2025 - Raqamli dunyoda o‘rganish
P. 39
imkonini beradi. Test davomida yig‘iladigan ma’lumotlar hajmi ham kengaygan
bo‘lib, bunda o‘quvchilarning topshiriqlarni bajarish jarayonidagi barcha
harakatlari tahlil qilinadi. Bu esa o‘quvchilarning bilimni mustaqil ravishda
qanday o‘zlashtirayotgani, ularning motivatsiyasi, o‘z-o‘zini boshqarish
qobiliyatlarini va hissiy holatini chuqurroq tushunishga imkon beradi. Ushbu
yondashuv natijalarni an’anaviy tarzda faqat yakuniy natijalar asosida emas,
balki o‘quvchining test davomida qilgan harakatlarini tahlil qilib ularning
strategik yondashuvi, motivatsiyasi hamda hatto stress yoki hissiy holatini
(emotion regulation) tahlil qilish imkoniyatini yaratadi.
Kelajakdagi kasblar bevosita raqamli texnologiyalar bilan chambarchas bog‘liq
bo‘lib bormoqda. Jadal rivojlanib borayotgan texnologiyalarga moslashish
o‘z o‘rnida mustaqil o‘rganish qobiliyatini talab etadi. Yangi bilimlarni mustaqil
ravishda o‘rganish va kasbga mos kompetensiyalarni tezda yangilab borish esa
uzluksiz ta’lim (lifelong learning)ning ajralmas qismiga aylanmoqda. Shu bois
bugungi o‘quvchilar raqamli dunyoda muvaffaqiyatli faoliyat olib borishi uchun
keng qamrovli, moslashuvchan hamda zamonaviy kompetensiyalarga ega
bo‘lishi muhim. PISA 2025 mazkur ko‘nikmalarni baholash orqali davlatlarga
o‘z ta’lim tizimlaridagi kuchli va zaif tomonlarini aniqlash, ta’lim siyosatini
raqamli dunyo talablariga muvofiq tarzda rivojlantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan
tavsiyalar ishlab chiqish imkonini berishga xizmat qiladi.
II Bob. PISA 2025 - Raqamli dunyoda o‘rganish | 37