Page 41 - PISA 2025 - Raqamli dunyoda o‘rganish
P. 41
boshlab rivojlantirishga e’tibor qaratilmoqda. Ushbu tashabbus nafaqat
dasturlash uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni singdirish, balki barcha
bolalarda tizimli va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida
amalga oshirilmoqda. Matematika, tabiiy fanlar va hatto ijtimoiy fanlarda ham,
murakkab masalalarni yechishda uni kichik bosqichlarga ajratish yoki bir ilmiy
hodisani tushuntirishda uning tarkibiy qismlarini alohida ko‘rib chiqish, bular
algoritmik yondashuvning ta’limdagi ko‘rinishlaridir.
PISA 2025 “Raqamli dunyoda o‘rganish”
doirasida ham mantiqiy hisoblash
muhim o‘rin tutadi. Avvalgi o‘rinlarda
aytilganidek mantiqiy usulda fikrlay
olish o‘quvchilarning kompyuter
simulyatsiyalaridan foydalanib
muammolarga yechim topishi, turli
parametrlarni o‘zgartirib natijalarni
tahlil qilishi va xulosa chiqarish
ko‘nikmalarini sinab ko‘rishga qaratiladi. Masalan, test topshiriqlaridan birida
o‘quvchi tahliliy masalalarni kompyuter simulyatsiyasi yordamida hal qilishi,
o‘zining ketma-ket qadamlarini rejalashtirishi va mantiqiy mulohaza yuritishi
kerak bo‘ladi. Ushbu jarayonda u doimiy ravishda “Agar shunday qilsam,
natija qanday bo‘ladi?” degan tarzda mantiqiy mulohaza yuritadi, ya’ni bu
ham algoritmik fikrlashning bir ko‘rinishi.
Raqamli savodxonlikni o‘qitishning ahamiyati shundaki, u o‘quvchilarga nafaqat
texnik bilim beradi, balki muammoni yechishning aniq
va intizomli yondashuvini ham o‘rgatadi. Dasturlashni
o‘rgangan bola xatoga yo‘l qo‘ysa, kod ishlamaydi, 0101001101100110101
demak, u xatolarini aniqlab, tuzatishni, ya’ni muhokama 1010011001010101011
1101010101001101100
va tahlil qilishni o‘rganadi. Ko‘p hollarda bir masalani 0101001101100110101
yechishning bir nechta yo‘li bo‘lishi mumkin, dasturlash
esa eng optimal yechimni qidirishga o‘rgatadi.
Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti ta’kidlaganidek, kelajak kasblari
ko‘p hollarda odamlardan mantiqiy modellar bilan ishlashni va raqamli vositalar
yordamida muammolarni hal qilishni talab qiladi.
II Bob. PISA 2025 - Raqamli dunyoda o‘rganish | 39