Page 42 - PISA 2025 - Raqamli dunyoda o‘rganish
P. 42
KOMPYUTER VA RAQAMLI VOSITALAR
YORDAMIDA MUAMMOLARNI HAL QILISH
Bugungi raqamli transformatsiya sharoitida muammolarni hal qilish
ko‘nikmalarini kompyuter va raqamli texnologiyalar yordamida rivojlantirish
tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Zamonaviy iqtisodiyot, ilmiy
tadqiqotlar va kundalik faoliyatda turli masalalarni hal qilishda axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) keng qo‘llanilmoqda. Bu ilmiy izlanishlar,
biznesdagi analitik tahlillar yoki kundalik hayotdagi oddiy qaror qabul qilish
jarayonlarida bo‘lishidan qat’i nazar raqamli savodxonlik har bir inson uchun
zarur kompetensiyaga aylanmoqda. Shu sababli PISA va boshqa xalqaro
baholash dasturlarida o‘quvchilarning raqamli muhitda muammolarni hal
qilish qobiliyatlari alohida baholanadi. Ushbu kompetensiyalar tabiiy ravishda
shakllanmaydi, balki ularni rivojlantirish uchun o‘quvchilarga kompyuter,
internet va dasturiy vositalardan samarali foydalanish strategiyalarini
shakllantirish bo‘yicha maqsadli ta’lim berish talab etiladi.
XXI asrda ko‘pgina o‘quvchilar zamonaviy texnologiyalar muhitida o‘sayotgan
bo‘lsalar ham, ularning raqamli savodxonlik darajasi chuqur va samarali bilim
olish uchun yetarli emas.
Xalqaro kompyuter va axborot savodxonligi tadqiqoti (ICILS)
Xalqaro kompyuter va axborot savodxonligi tadqiqoti (ICILS) 2023-yilgi
natijalari shuni ko‘rsatadiki, testda ishtirok etgan o‘quvchilarning 43 foizi
eng past darajadagi raqamli savodxonlik talablariga javob bera olmagan,
ya’ni oddiy hujjatni tahrirlash yoki internetda asosiy ma’lumotlarni qidirish
qobiliyatlari past bo‘lgan. Faqat 14 foiz o‘quvchi kompyuterdan mustaqil va
samarali foydalanish, axborotni topish va uni boshqarish bo‘yicha yetarli
bilim va ko‘nikmaga ega ekanligini namoyon etgan. Eng murakkab
topshiriqlarni esa faqat 1 foiz o‘quvchi uddalay olgan, ya’ni internet
manbalarining ishonchliligini baholab, xulosa chiqarish vazifalarida yuqori
natijalarga erishgan.
Bu natijalar shuni ko‘rsatadiki, yoshlar texnologiyalardan faol foydalansa ham,
ularni samarali va tanqidiy nuqtayi nazardan qo‘llash bo‘yicha aniq strategiyalar
40 | PISA 2025 — Raqamli dunyoda o‘rganish