Page 18 - Demo
P. 18
18 | Raqamli savodxonlik: ta%u02bclimda innovatsion texnologiyalarVideokonferensaloqa va virtual sinflar %u2013 videokonferensaloqa va virtual sinf vositalari foydalanuvchilarga real vaqt rejimida internet orqali jonli video uchrashuvlar, vebinarlar, ma%u02bcruzalar va muhokamalar o%u02bbtkazish imkonini beradi. Ularga misol sifatida Zoom, Microsoft Teams, Google Meet, Cisco Webex va BigBlueButton kabi dasturiy vositalarni keltirish mumkin. Virtual sinflarda darsni yozib olish, transkripsiya, subtitr va ishtirok tahlili kabi imkoniyatlar ham muhim ahamiyat kasb etadi.Interfaol doska %u2013 interfaol doska vositalari raqamli doska yuzalarini taqdim etadi, bunda foydalanuvchilar stilus (maxsus ruchka) yoki sensorli kiritish yordamida raqamli kontentni chizish, yozish, izohlash va tahrir qilishlari hamda bir-birlari bilan ulashishlari mumkin bo%u02bbladi. Ularga Jamboard, Explain Everything, Miro, Ziteboard, AWW App va shu kabi platformalarni misol qilish mumkin. Hamkorlikda real vaqt rejimida ishlash bu vositalarning asosiy imkoniyatlaridan biridir.Baholash va viktorina platformalari %u2013 bunday platformalar ta%u02bclim oluvchilarning onlayn bilimini baholash maqsadida ta%u02bclim beruvchilarga viktorinalar, testlar va so%u02bbrovlarni yaratish hamda natijalarni tahlil qilish imkonini beradi. Ularga misol sifatida Kahoot!, Quizizz, Socrative, Formative, Edpuzzle va shu kabi boshqa dasturiy vositalarni keltirish mumkin. Formativ baholash, tezkor feedback va akademik halollikni qo%u02bbllab-quvvatlash bu platformalarning muhim jihatlaridir.Hamkorlik va aloqa vositalari %u2014 hamkorlik va aloqa vositalari ta%u02bclim oluvchilar, ta%u02bclim beruvchilar va boshqa ta%u02bclim ishtirokchilari o%u02bbrtasida muloqot, hamkorlik hamda loyihalarni boshqarishni osonlashtiradi. Ularga Slack, Microsoft Teams, Google Workspace, Trello, Basecamp, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlarni ham misol tariqasida keltirish mumkin. Raqamli etikaga rioya qilish va xavfsiz muloqot qoidalari bu vositalardan

