Page 20 - Demo
P. 20


                                    20 | Raqamli savodxonlik: ta%u02bclimda innovatsion texnologiyalarRaqamli darslik va elektron kitob platformalari %u2013 bunday platformalar darsliklar, o%u02bbquv materiallari va adabiyotlarning elektron shakllarini kompyuter, planshet hamda smartfonlar orqali oson va qulay o%u02bbqish imkonini taqdim etadi. Ularga misol tariqasida VitalSource, Kindle, Apple Books, Google Play Books, Chegg va shu kabi boshqa platformalarni keltirish mumkin. Geymifikatsiya yoki o%u02bbyinga asoslangan ta%u02bclim vositalari %u2013 ta%u02bclim oluvchilarni fanga qiziqtirish va ta%u02bclim natijalarini yaxshilash uchun o%u02bbyin elementlari, algoritmlari hamda tamoyillarini ta%u02bclim faoliyatiga integratsiya qilish tushuniladi. Bunday ta%u02bclim o%u02bbyinlarini yaratuvchi vositalarga LearningApps, Wordwall, Classcraft, Gimkit, Legends of Learning va Kahoot! kabi platformalarni misol qilish mumkin.Virtual yordamchilar %u2013 o%u02bbzlashtirish natijalarini yaxshilash, savollarga javob berish, raqamli kontent yaratish, o%u02bbqitishning yangi metodlarini, shu jumladan dasturlash va xorijiy tillarni o%u02bbrganish kabi ko%u02bbplab imkoniyatlarni taqdim etayotgan sun%u02bciy intellektga asoslangan virtual yordamchilar raqamli ta%u02bclimda keng qo%u02bbllanilmoqda. Ularga ChatGPT, Microsoft Copilot, Gemini, Socratic va shu kabi boshqa vositalarni misol qilish mumkin. Bunda sun%u02bciy intellekt etikasi, ma%u02bclumotlar maxfiyligi va akademik halollik talablariga rioya qilish muhimdir.y Raqamli ta%u2019lim vositalariga nafaqat dasturiy ta%u2019minotlar, balki qurilmalar (apparatlar) ham kiradi. Ya%u2019ni, kompyuter, planshet, smartfon, interfaol (sensorli) doska, proyektor, VR, AR, MR jihozlari, 3D printer, robototexnika va shu kabi ta%u2019limni raqamlashtirishda foydalaniladigan qurilmalar ham raqamli ta%u2019lim vositalari hisoblanadi. Shuningdek, IoT, sensor qurilmalar va smart-laboratoriya elementlari ham amaliy ta%u2019limni boyitadi.Yuqorida keltirib o%u02bbtilgan raqamli ta%u02bclimning asosiy vositalari soni kundan-kunga ortib, ta%u02bclimni mazmunli, qiziqarli hamda interfaol shaklda tashkil etish, shu jumladan, ta%u02bclim sifati va samaradorligini oshirish imkonini bermoqda.
                                
   14   15   16   17   18   19   20   21   22   23   24