Page 25 - Demo
P. 25
I Bob. Ta%u02bclim jarayonlarini raqamlashtirish asoslari | 25OMMAVIY OCHIQ ONLAYN KURSLAR (MOOC)Hozirgi kunda internet imkoniyatlaridan foydalangan holda uydan tashqariga chiqmasdan sifatli bilim olish imkoniyati paydo bo%u02bbldi. Bu esa ta%u02bclim paradigmasining butkul o%u02bbzgarishiga olib keldi. Bunga ommaviy ochiq onlayn kurslarning paydo bo%u02bblishi sabab bo%u02bbldi desak, mubolag%u02bba bo%u02bblmaydi.Shu o%u02bbrinda, Class Central platformasi 2011-yilda Dhaval Shah (Dhawal Shah) tomonidan ishlab chiqilgan bo%u02bblib, uning asosiy maqsadi ta%u02bclim oluvchilarga ommaviy ochiq onlayn kurslarni (MOOC) taklif etishdan iborat. Class Centralning %u201cAbout%u201d ma%u02bclumotlariga ko%u02bbra, 2011-yildan buyon platformadan 100 milliondan ortiq o%u02bbrganuvchi foydalangan. Shuningdek, ushbu platforma onlayn ta%u02bclim oluvchilar uchun barcha sohalardagi eng yaxshi kurslarni topish va ulardan foydalanish oson bo%u02bblishi uchun 1300 dan ortiq xalqaro universitetlar (Harvard, Stanford, Georgia Tech, University of Michigan va boshqalar), 1000 dan ortiq xalqaro tashkilotlar (Google, Microsoft, IBM, Amazon va boshqalar) hamda Coursera, edX, FutureLearn, Udacity, DataCamp, Udemy, freeCodeCamp va shu kabi ko%u02bbplab onlayn ta%u02bclim platformalarining kurslarini o%u02bbzida jamlagan. Class Central hisobotlarida katalog hajmi 250 000+ kurslardan iborat ekani qayd etiladi.Bundan tashqari, Class Central platformasi barcha davrlarning eng yaxshi onlayn kurslari, yilning eng yaxshi onlayn kurslari, barcha davrlarning eng mashhur kurslari, yilning eng mashhur kurslari, Coursera va edX kabi platformalar bo%u02bbyicha bepul kurslar reytinglari va shu kabi boshqa ro%u02bbyxatlarni e%u02bclon qilib boradi. Bu esa foydalanuvchilarga onlayn bepul kurslarni sohalar kesimida oson topish imkonini beradi. Class Central platformasidan onlayn ro%u02bbyxatdan o%u02bbtish orqali bepul foydalanish mumkin. Chunki ushbu platformada onlayn kurslar bazasi joylashgan bo%u02bblib, u yo%u02bbnaltiruvchi vazifasini bajaradi. Ya%u02bcni, foydalanuvchi Class 1.5

