Page 7 - Demo
P. 7
Kirish | 7Bugungi kunda raqamli pedagog konsepsiyasi jahon ta%u2019lim tizimlarida faol rivojlanmoqda. AQSh, Finlyandiya, Singapur, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya kabi ilg%u2018or davlatlar pedagoglarni raqamli kompetensiya asosida tayyorlash uchun maxsus o%u2018quv dasturlari, onlayn platformalar, AI-yordamchi tizimlar va raqamli o%u2018quv ekotizimlarini yaratgan. Ularning ta%u2019lim jarayonida ta%u2019limni boshqarish tizimlari (LMS), ommaviy ochiq onlayn kurslar (MOOC), mikrokurslar, sun%u2019iy intellektga asoslangan virtual yordamchilar, gamifikatsiya, AR/VR simulyatorlari va data-analitika texnologiyalari keng qo%u2018llanmoqda. O%u2018zbekiston Respublikasida ham so%u2018nggi yillarda raqamli ta%u2019limni rivojlantirish, pedagoglarning raqamli kompetensiyasini oshirish, ularni zamonaviy texnologiyalar bilan ishlashga o%u2018rgatish bo%u2018yicha keng ko%u2018lamli ishlar amalga oshirilmoqda.PQ-128 va PQ-358 qarorlarining ustuvor yo%u2018nalishlari asosida raqamli ta%u2019lim ekotizimini yaratish, sun%u2019iy intellektdan ta%u2019limda xavfsiz foydalanish, pedagoglarning raqamli savodxonligini oshirish bo%u2018yicha tizimli islohotlar yo%u2018lga qo%u2018yilgan. %u201cRaqamli pedagog%u201d dasturlari orqali o%u2018qituvchilarga interfaol resurslar yaratish, raqamli platformalarda ishlash, AI-vositalar yordamida kontent ishlab chiqish, masofaviy ta%u2019limni tashkil etish va LMS tizimlaridan samarali foydalanish bo%u2018yicha amaliy ko%u2018nikmalar berilmoqda.Xulosa qilib aytganda, zamonaviy pedagog kadrlarning raqamli texnologiyalarni puxta o%u2018zlashtirishi ta%u2019lim jarayonining zamonaviy talablarga mos tashkil etilishiga, o%u2018quvchilarning raqamli kompetensiyasining shakllanishiga, ularning kelajakdagi raqobatbardoshligiga hamda raqamli iqtisodiyot ehtiyojlariga javob beradigan kadrlar tayyorlash jarayoniga bevosita ta%u2019sir ko%u2018rsatadi. Shu bois raqamli pedagoglarni tayyorlash, ularning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish va amaliy ko%u2018nikmalarini uzluksiz oshirib borish zamonaviy ta%u2019lim siyosatining ustuvor yo%u2018nalishlaridan biri hisoblanadi.

