Page 85 - Demo
P. 85
III Bob. Ta%u02bclimda innovatsion metodlar va sun%u02bciy intellekt | 85qo%u02bbllash ham samarali hisoblanadi. Virtual sayohatlar orqali muzeylar, tarixiy obidalar, koinot yoki maxsus obyektlarga masofaviy tashriflar immersiv ta%u02bclimning eng ko%u02bbp qo%u02bbllaniladigan va o%u02bbquvchini faol jalb etadigan shakllardan biridir.Shuni alohida ta%u02bckidlab o%u02bbtish joizki, bugungi kunda ta%u02bclimdagi immersiv texnologiyalar tobora ommalashib bormoqda va butun dunyo bo%u02bbylab ta%u02bclim tashkilotlarida keng qo%u02bbllanilib kelinmoqda. Ular o%u02bbquv jarayonini interfaol, samarali va ta%u02bclim oluvchilar uchun qiziqarli qilish orqali kompetensiyalarni takomillashtirish uchun noyob imkoniyatlar taqdim etadi. Shuningdek, immersiv texnologiyalarning ta%u02bclimga integratsiyasi rivojlanishi natijasida, ta%u02bclim oluvchilar dunyoning yetakchi olimlari bilan virtual muloqotga kirishishi va amaliy ko%u02bbnikmalarini shakllantirish uchun turli xil tajriba-sinovlarni uydan chiqmagan holda amalga oshirishi mumkin bo%u02bbladi.y Biroq immersiv texnologiyalarni joriy etishda metodik muvozanat muhim bo%u2018lib texnologiya darsning %u201cmarkazi%u201d emas, balki o%u2018quv maqsadiga xizmat qiluvchi vosita bo%u2018lishi kerak. Shuningdek, qurilma, internet tezligi, sanitariya-gigiyena (VR ko%u2018zoynakdan foydalanish), vaqt me%u2019yori va o%u2018quvchi sog%u2018lig%u2018i kabi omillar ham inobatga olinadi.Umuman olganda, ta%u02bclimning istiqboli keys va simulyatsiya metodlarini, shu jumladan immersiv texnologiyalarni metodik asosda rivojlantirish bilan uzviy bog%u02bbliqdir. Ular klassik yondashuvlarni to%u02bbldirib, ta%u02bclim jarayoniga yangi imkoniyatlar va amaliy natijadorlik olib kiradi. Bu esa pedagoglardan doimiy ravishda metodik mahoratini yangilab borishni, raqamli kompetensiyalarni rivojlantirishni hamda ta%u02bclim jarayonini dalillarga asoslangan tarzda tashkil etishni talab etadi.

