I. Oʻquv-uslubiy qo‘llanmaning tuzilishi
1. Muqova (titul);
2. Sarlavha;
3. Annotatsiya;
4. Mundarija;
5. Kirish;
6. Asosiy qism;
7. Xulosa;
8. Ilovalar (mavjud boʻlsa: qoʻshimcha materiallar, diagrammalar, jadvallar, keyslar, topshiriqlar, chizmalar, testlar).
II. Mazmunga qoʻyilgan talablar
1. Oʻquv-uslubiy qo‘llanma aniq, qiziqarli va maqsadli auditoriyaga (yosh guruhi, malaka darajasi va boshqalar) mos boʻlishi;
2. Tanlovning maqsad va vazifalariga mos kelishi;
3. Mavzu psixologiya fanininig zamonaviy yutuqlari va nazariyalariga asoslanishi;
4. Keltirilgan ma’lumotlar ishonchli manbalardan olinganligi va havolalarning berilishi (foydalanilgan adabiyotlar va manbalar);
5. Ilmiy tushunchalarnining aniq va toʻgʻri ifodalanishi;
6. Ilmiy yoki murakkab tushunchalar sodda va tushunarli tilda izohlanishi;
7. Misollar, analogiyalar va topshiriqlar real hayotiy vaziyatlar yordamida tushuntirilishi;
8. Ilmiy faktlar, tadqiqot natijalati va nazariy yondoshuvlar asosida yoritilishi;
9. Har bir bo‘limda aniq mavzularning yoritilishi, o‘zaro bo‘g‘liqlikning bo‘lishi;
10. Kundalik hayotda uchraydigan turli muammolarga yechim topishga yoʻnaltiradigan loyihalar va shunga oʻxshash amaliy tadqiqotlarning mavjud boʻlishi;
11. Psixologik terminlarning to‘g‘ri va izchil qo‘llanilishi;
12. Misollar, keyslar, topshiriqlar va mashqlar bilan boyitilgan bo‘lishi;
13. Har bir mavzudan keyin tafakkurni rivojlantiruvchi savollar va topshiriqlar berilishi kerak.
III. Shakliy-texnik talablar
1. Oʻquv-uslubiy qo‘llanmaning eng kam hajmi 64 betdan iborat boʻlishi;
2. Annotatsiya 6-8 ta gapdan oshmasligi;
3. Kalit soʻzlar (indeksatsiya uchun) 8-12 soʻzdan iborat boʻlishi;
4. Qo‘lyozma tahriri 1,5 interval, Times New Roman 14 shrift (matn yuqoridan – 20 mm, pastdan – 20 mm, chapdan – 30 mm, o‘ngdan – 15 mm li hoshiyalar oralig‘iga joylashtirilishi; betlar pastki qism markazida, ketma-ketlik saqlangan holda raqamlanishi)da boʻlishi;
5. Jadvallarni “Microcoft word”ning “tablitsa” funksiyasi orqali kiritish;
6. Ilovalar hajmi cheklanmagan, lekin ular matnga mos kelishi (matnda ularga havolalar berilishi);
7. Boʻlimlar va mavzular aniq ajratilgan boʻlishi;
8. Matnni xotirada saqlashni osonlashtirish, mavzulardagi ixcham chizmalar, turli tasviriy ifodalar, jadval, infografika hamda rasmlar bilan muvofiq tarzda taʼminlanishi;
9. Muhim maʻlumotlar qalin shrift, rangli fon yoki ramkalar bilan ajratilgan boʻlishi kerak.
IV. Imlo va til qoidalariga qoʻyilgan talablar
1. Taʻlim tili chegaralanmagan;
2. Imlo va til qoidalariga muvofiq boʻlishi kerak.
V. Oʻquv-uslubiy qo‘llanmani taqdim etish
Oʻquv-uslubiy qo‘llanma Tanlovga quyidagi hujjatlar bilan taqdim etiladi:
- Muallif/tuzuvchilar haqidagi ma’lumot (F.I.Sh, ish joyi, lavozimi, ilmiy darajasi, bog‘lanish uchun telefon raqami, elektron pochta);
- Qo‘llanma nomi;
- Qisqa mazmuni (Annotatsiya);
- Oʻquv-uslubiy qo‘llanmaning kitob ko‘rinishidagi fayli (PDF);
- Kengash qarori (PDF);
- 2 ta taqriz (ichki va tashqi) (PDF).
VI. Mualliflik huquqi va plagiat
1. Barcha yozma va vizual tarkibdagi iqtiboslar va havolalar mualliflik huquqi qonunchiligiga muvofiq berilishi kerak.
2. Plagiatni aniqlash dasturining originallik belgilangan standart meʼyorlariga toʻgʻri kelmagan ish tanlovda qatnasshishga tavsiya etilmaydi.
T/r | Mezon | Ball |
---|---|---|
1. | Oʻquv-uslubiy qo‘llanmada muqova (titul), sarlavha, annotatsiya, mundarija, kirish, asosiy qism, xulosa, ilovalar (mavjud boʻlsa: qoʻshimcha materiallar, diagrammalar, jadvallar, chizmalar, testlar, xaritalar) mavjud. | 5 |
2. | Kirish qismida ushbu oʻquv-uslubiy qo‘llanma kimlar uchun yozilgani, nimalarni maqsad qilgani, undan qanday foydalanish mumkinligi, qaysi tadqiqotlarga asoslangani tushuntirilgan. | 5 |
3. | Keltirilgan ma’lumotlar ishonchli manbalardan olingan va foydalanilgan adabiyotlar, manbalar havola bilan aniq koʻrsatilgan. | 10 |
4. | Material imloviy, ishoraviy va uslubiy xatolardan holi va til qoidalariga muvofiq berilgan. | 10 |
5. | Taklif etilayotgan metod, texnologiya yoki metodologiya qaysi jihatlariga koʻra boshqalardan ustunligi hamda zamonaviy fan yutuqlari va nazariyalariga asoslanganligi izohlangan (yangilik kiritishga asoslangan). | 10 |
6. | Psixologik terminlar, ilmiy tushunchalar aniq, sodda va toʻgʻri ifodalangan. | 10 |
7. | Misollar, keyslar, topshiriqlar va mashqlar real hayotiy vaziyatlar yordamida tushuntirilgan. | 10 |
8. | Mavzularni yoritishda oddiydan murakkabga tamoyiliga asoslanganligi, uzviylikning ta’minlanganligi. | 10 |
9. | Turli ta’lim uslublariga mos, ma’lumotni o‘zlashtirishning ko‘plab vositalariga e’tibor qaratilgan, kontent turli usullarda taqdim etilgan (vizual, taktil, kinestetik). | 10 |
10. | Har bir mavzudan keyin tafakkurni rivojlantiruvchi savol va topshiriqlar berilgan. | 10 |
11. | Kundalik hayotda uchragan turli muammolarga yechim topishga yoʻnaltiradigan loyihalar va shunga oʻxshash amaliy tadqiqotlar berilgan. | 10 |
JAMI | 100 ball |