Sun'iy intellekt (SI) / Искусственный интеллект (ИИ)
Kompyuter tizimlarining inson aqliga xos vazifalarni bajarishi (o'rganish, xulosa chiqarish, qaror qabul qilish)
Ta'limdagi amaliy misol:
ChatGPT yordamida savol-javob, avtomatik test yaratish, o'quvchilarga mos tavsiyalar berish
Mashina o'qitish (Machine Learning, ML) / Машинное обучение
Kompyuterning o'zi ma'lumotdan o'rganib, natijani prognoz qilishi
Ta'limdagi amaliy misol:
O'quvchilarning test natijalariga qarab individual mashqlar tuzish
Nazorat ostidagi o'rganish (Supervised Learning) / Обучение с учителем
Har bir misol uchun to'g'ri javob (label) bor, model shu asosda o'rganadi
Ta'limdagi amaliy misol:
O'quvchi testda to'g'ri/noto'g'ri javob berganini aniqlash
Nazoratsiz o'rganish (Unsupervised Learning) / Обучение без учителя
Faqat ma'lumotlar bor, model o'zi guruh yoki naqshlarni topadi
Ta'limdagi amaliy misol:
O'quvchilarni faollik yoki qiziqishiga qarab guruhlarga ajratish
Mukofotlash orqali o'rganish (Reinforcement Learning) / Обучение с подкреплением
Model harakatiga qarab mukofot yoki jarima oladi, o'zi o'rganadi
Ta'limdagi amaliy misol:
O'yinli darslarda to'g'ri javob uchun ball, noto'g'ri javob uchun jarima
Sun'iy neyron tarmoq (SNT) / Искусственная нейронная сеть (ИНС)
Inson miyasi printsipiga o'xshash, ma'lumotni qatlamlar orqali o'rganadigan model
Ta'limdagi amaliy misol:
Surat, matn, ovoz bilan ishlash (masalan, yuzni aniqlash, nutqni matnga aylantirish)
Chuqur o'rganish (Deep Learning) / Глубокое обучение
Ko'p qatlamli neyron tarmoqlar yordamida murakkab naqshlarni o'rganish
Ta'limdagi amaliy misol:
Avtomatik tarjima, ovozli buyruqlarni tushunish, yuzni aniqlash
Konvolyutsion neyron tarmoq (CNN) / Свёрточная нейронная сеть
Rasm va video ma'lumotlarni tahlil qiluvchi neyron tarmoq turi
Ta'limdagi amaliy misol:
O'quvchi suratidan yuz ifodasini aniqlash, kamera orqali yuzni fokusga olish
Takrorlanuvchi neyron tarmoq (RNN) / Рекуррентная нейронная сеть
Ketma-ket (matn, nutq) ma'lumotlarni o'rganadigan model
Ta'limdagi amaliy misol:
O'quvchi yozgan matnni tahlil qilish, nutqni matnga aylantirish
Tor SI (Narrow AI) / Узкий ИИ
Faqat bitta yoki bir nechta aniq vazifani bajaradigan SI turi
Ta'limdagi amaliy misol:
Siri, Google Translate, ChatGPT kabi dasturlar
Keng SI (General AI) / Общий ИИ
Inson kabi har xil vazifalarni bajaradigan, universal SI
Ta'limdagi amaliy misol:
Hozir mavjud emas, faqat nazariy model sifatida ko'riladi
Aqlli idrok (Superintelligent AI) / Сверхразумный ИИ
Insondan yuqori darajada fikrlaydigan SI modeli
Ta'limdagi amaliy misol:
Hozir mavjud emas, kelajakda bo'lishi mumkinligi muhokama qilinmoqda
Ma'lumot yig'ish / Сбор данных
SI uchun kerakli ma'lumotlarni to'plash
Ta'limdagi amaliy misol:
O'quvchilarning test natijalari, darsdagi javoblar, video darslar
Ma'lumotlarni tozalash / Подготовка и очистка данных
Xato yoki yetishmaydigan ma'lumotlarni tuzatish, bir xil formatga keltirish
Ta'limdagi amaliy misol:
Test natijalaridagi xatolarni tuzatish, raqamlarni bir xil o'lchovga keltirish
Model tanlash va o'rganish / Выбор и обучение модели
Ma'lumot asosida eng mos algoritmni tanlash va uni o'rgatish
Ta'limdagi amaliy misol:
O'quvchilar ballini oldindan taxmin qilish uchun model yaratish
Modelni baholash / Оценка модели
Model natijasining to'g'riligini tekshirish
Ta'limdagi amaliy misol:
Model qanchalik to'g'ri javob berganini aniqlash (masalan, aniqlik, xatolik ko'rsatkichi)
Amaliy qo'llash (Inference) / Применение модели
Tayyor modelni yangi ma'lumotda ishlatish
Ta'limdagi amaliy misol:
Chatbot yordamida o'quvchilarga avtomatik javob berish, test natijalarini tahlil qilish
Individualizatsiya / Индивидуализация
Har bir o'quvchiga mos o'quv rejasi va topshiriqlar tuzish
Ta'limdagi amaliy misol:
O'quvchi darajasiga qarab mashqlar va maslahatlar taklif qilish
Avtomatlashtirilgan baholash / Автоматизированная оценка
SI yordamida test, esse, kod va loyihalarni avtomatik baholash
Ta'limdagi amaliy misol:
Gradescope, Turnitin kabi platformalarda avtomatik ball qo'yish
NLP (Natural Language Processing) / Обработка естественного языка
Kompyuterning inson tilini tushunishi va qayta ishlashi
Ta'limdagi amaliy misol:
O'quvchi nutqini tahlil qilish, avtomatik tarjima, subtitr yaratish
Chatbot / Чат-бот
Savol-javob va yordam ko'rsatuvchi virtual yordamchi
Ta'limdagi amaliy misol:
ChatGPT, Duolingo yordamchisi, IBM Watson Tutor
Etika va adolatlilik / Этика и справедливость
SI natijalari barcha uchun teng va adolatli bo'lishi, kamsitishdan saqlanish
Ta'limdagi amaliy misol:
O'quvchi ma'lumotlarini himoya qilish, stereotiplarni oldini olish
Ma'lumot maxfiyligi / Конфиденциальность данных
O'quvchi shaxsiy ma'lumotlarini himoya qilish
Ta'limdagi amaliy misol:
Ota-onadan rozilik olish, ma'lumotlarni shifrlash, maxfiy saqlash
Factcheck / Проверка фактов
SI yaratgan materialdagi fakt va raqamlarni mustaqil tekshirish
Ta'limdagi amaliy misol:
Darsdan oldin SI'dan olingan ma'lumotlarni rasmiy manbalar bilan solishtirish
Zaxira nusxa (Backup) / Резервное копирование
Muhim fayllarni yo'qolib ketmasligi uchun nusxa saqlash
Ta'limdagi amaliy misol:
Dars materiallarini Google Drive yoki fleshkaga saqlash
Anonimlashtirish / Анонимизация
O'quvchi shaxsiy ma'lumotlarini kod yoki raqam bilan almashtirish
Ta'limdagi amaliy misol:
"O'quvchi_001" kabi kod ishlatish, ism-familiyani ochiq ko'rsatmaslik
Versiyalanish / Версионирование
Faylning har bir o'zgarishini alohida nom bilan saqlash
Ta'limdagi amaliy misol:
"Dars1_v1", "Dars1_v2" kabi fayl nomlari
Prompt / Промпт
SI'ga beriladigan so'rov yoki buyruq matni
Ta'limdagi amaliy misol:
ChatGPT'da: "Matematika bo'yicha 5 ta test savoli tuz"