Interfaol resurslar yaratish bo'yicha amaliy mashg'ulotlar
Siz maktabdagi ingliz tili o'qituvchisisiz va 7-sinf o'quvchilari uchun "Present Simple" mavzusini mustahkamlash maqsadida interfaol viktorina tayyorlashingiz kerak. Dars davomida o'quvchilarning bilimini tekshirish va qiziqarli tarzda o'rgatish uchun Kahoot! platformasidan foydalanmoqchisiz.
Siz Kadrlar bo'limi xodimisiz va kompaniya xodimlari uchun "Ish joyida xavfsizlik texnikasi" mavzusida onlayn trening o'tkazishingiz kerak. 50 nafar xodim ishtirok etadi va ular turli bo'limlardan. Treningni qiziqarli va samarali qilish uchun Kahoot! yordamida interfaol prezentatsiya va viktorina yaratmoqchisiz.
Siz universitet o'qituvchisisiz va "Marketing asoslari" fanidan 120 nafar talabani yakunlovchi baholash o'tkazishingiz kerak. An'anaviy imtihon o'rniga zamonaviy, interfaol baholash tizimini joriy etmoqchisiz. Kahoot! yordamida turli formatdagi topshiriqlardan iborat kompleks baholash tizimini yaratish talab etiladi.