Immersiv texnologiyalar
Real dunyoda amalga oshirilayotgan ish yoki jarayonlarni virtual muhitda tajriba-sinovdan o'tkazish yoki uni real vaziyatlar bilan integratsiya qilish imkonini beruvchi texnologiyalar.
Virtual reallik (VR)
Foydalanuvchini ekran ortidagi tasavvur qilinadigan olamga sho'ng'ituvchi vizual va tovushli effektlarni ta'minlaydigan texnologiya.
To'ldirilgan reallik (AR)
Real muhitning interfaol tajribasi, bunda haqiqiy olamda bo'lgan obyektlar kompyuter orqali simulyatsiya shaklida yaratiladi va idrok etiladigan axborot bilan to'ldiriladi.
Aralash reallik (MR)
Virtual reallik va to'ldirilgan reallik elementlarini maxsus qo'shimcha qurilmalar yordamida o'zaro birlashtirgan texnologiya.
360 gradusli video
Barcha yo'nalishlarda panoramali ko'rinishni ta'minlaydigan, foydalanuvchilarga videoning istalgan yo'nalishda tomosha imkonini beradigan vosita.
Haptic texnologiya
Foydalanuvchiga kuchlar, tebranishlar yoki harakatlarni qo'llash orqali teginish tajribasini yaratishi mumkin bo'lgan texnologiya.
Fazoviy hisoblash
Uch o'lchovli (3D) ma'lumotlarni olish, qayta ishlash va ular bilan o'zaro ta'sir qilish uchun ishlatiladigan texnologiya.
Immersiv darslar
3D modellar, simulyatsiyalar va boshqa interfaol elementlar bilan o'zaro aloqada bo'lgan holda virtual yoki kengaytirilgan muhitda o'rganiladigan darslar.
Sensor ishtirok
Ko'rish, eshitish va ba'zan teginish kabi bir nechta sezgilarni o'z ichiga olgan virtual yoki kengaytirilgan muhitda o'rganish imkoniyati.
Virtual laboratoriya
Amaliy ko'nikmalarni rivojlantirish va tajriba-sinovlar o'tkazish uchun yaratilgan raqamli muhit.
Simulyatsiyalar
Ta'lim oluvchilarga bilim, malaka va ko'nikmalarni amaliy kontekstda qo'llash imkonini beradigan hayotiy jarayonlar taqlidi.
Tajriba-sinov orqali o'rganish
Ta'lim oluvchilar bilimlarini bevosita jarayonlarni virtual shaklda tajriba-sinovlar hamda amaliy mashg'ulotlar orqali olish usuli.
Virtual sayohatlar
Immersiv texnologiyalar yordamida tarixiy obidalar, muzeylar, koinot yoki maxsus obyektlarga sayohat qilish orqali ta'lim olish.
Maxsus o'quv joylari
VR yoki AR qurilmalari bilan jihozlangan maxsus immersiv sinf xonalari.
Hamkorlikdagi loyihalar
Ta'lim oluvchilar jamoaviy ish yoki ijodkorlikni talab qiladigan loyihalarni immersiv texnologiyalar yordamida yaratish jarayoni.
Moslashuvchan ta'lim
Har bir ta'lim oluvchining o'zlashtirish natijalari, qiziqish doirasi va ehtiyojlaridan kelib chiqib yaratilgan individual ta'lim jarayoni.
Ko'rgazmali o'rganish
Immersiv texnologiyalar orqali jarayonlarni ko'rgazmali va tajriba-sinov asosida o'rganish usuli.
Xavfsiz muhit
Murakkab yoki xavfli amaliyotlarni immersiv muhitda xavfsiz sinovdan o'tkazish imkoniyati.
Ta'lim o'yinlari
O'yin elementlari bilan boyitilgan immersiv texnologiyalar orqali o'rganish jarayonini qiziqarli va samarali qilish usuli.
Masofaviy immersiv ta'lim
Dunyoning turli burchaklaridan virtual sinflar, laboratoriyalar yoki amaliyot muhitlarida qatnashish imkoniyati.