AMALIY KEYSLAR

1
Guruh ishida nizolar

Vaziyat 1: Guruh ishi paytida o'quvchilar bahslasha boshlaydilar, bir-birlarining gapini bo'ladilar, siz esa tobora asabiylashayotganingizni his qilyapsiz. Avtomatik tarzda "Qani, jim o'tiringlar!" deb asabiylashish o'rniga quyidagilarni bajaring:

zo'riqishni kamaytirish uchun chuqur nafas oling.
xotirjamlikni taklif qiling: har bir guruhga fikr bildirish uchun bir daqiqadan vaqt bering.
zarur bo'lsa, vaziyatni yumshatish va ishchi kayfiyatni tiklash uchun hazil-mutoyibadan foydalaning.
2
E'tiborsiz o'quvchi

Vaziyat 2: O'quvchi topshiriqlarni e'tiborsiz qoldirib, boshqa narsalar bilan namoyishkorona shug'ullanayotganini sezasiz. Ichingizda "U o'qishni xohlamaydi!" deb hukm chiqarish o'rniga, o'zingizga: "Hozir nimani his qilyapman? Nega bu menga shunchalik ta'sir qilyapti?", - deb savol bering.

"Baholashsiz kuzatish" usulini qo'llang: "Men uning mashg'ulotga qo'shilmaganini ko'ryapman. Ehtimol, men bilmagan sababi bordir."
3
Charchash va yuk

Vaziyat 3: Chorak yakunida ko'p tekshiruv va hisobotlar to'planib qoldi, siz esa charchadingiz. Holdan toyguncha ishlash o'rniga, o'zingizga qisqa tanaffus bering - hattoki 3-5 daqiqalik ongli nafas olish va fikrni chalg'itish ham yordam beradi.

O'zingizga: "Men robot emasman, men ham dam olishga haqliman", - deb ayting.
Ish jadvalini qayta ko'rib chiqing, ehtimol, ishlarning bir qismini boshqalarga topshirish yoki keyinga qoldirish mumkindir.
4
Xulosa va fikrlash

Qaysi usul (nafas olish, tanaffus, kuzatish) sizga avtomatik reaksiyaga berilmasdan, aksincha yanada samaraliroq javob tanlashga yordam berishi mumkinligini o'ylab ko'ring.