INTERFAOL TOPSHIRIQLAR

O'qituvchilar uchun hissiy intellekt rivojlantirish mashqlari

1O'zingizni hissiy jihatdan mas'ul bo'lgan vaziyatni eslang. Hissiyotlaringizni boshqarishga nima yordam berdi?

2Darsda o'quvchi nizo keltirib chiqargan vaziyatni tasavvur qiling. Xotirjam va o'zaro hurmatga asoslangan muhitni yaratishga qaratilgan qanday 2-3 ta iborani ishlatgan bo'lardingiz?

3Sinfning hissiy muhitni yaratuvchi inson sifatida o'zingizda rivojlantirmoqchi bo'lgan 3 ta fazilatni yozing.

4Quyidagi jadvalni to'ldirib ko'ring. Jadval o'qituvchining hissiy intellektni o'zini o'zi baholashga yordam beradi. Ko'nikmalaringizni 1 dan 5 gacha bo'lgan mezon bo'yicha baholang.

Ko'nikma Qo'yilgan baho Amaliyotdan misol Nimalarni yaxhshilashim kerak?
Darsda o'z his-tuyg'ularimni anglayman
Stressli vaziyatlarda his-tuyg'ularimni boshqara olaman
O'quvchilarning hissiy holatini payqay olaman
Sinfda ishonch muhitini yarataman
O'quvchini kamsitmasdan fikr-mulohaza bildiraman

5Sinfning hissiy iqlim xaritasi. Sinflaringizdan biri uchun oddiy jadval tuzing:

O'quvchining ismi Tez-tez namoyon bo'ladigan hissiyotlar Ehtimoliy sabablar Qanday qo'llab-quvvatlashim mumkin?
Aziza Xavotirlanish, jimlik Xato qilishdan qo'rqish Urinish uchun maqtov
Timur Tajovuzkorlik, gapni bo'lish E'tibor yetishmasligi Shaxsiy topshiriq

6O'zini kuzatish. Bir hafta davomida qisqa kundalik yuriting:

Sana Vaziyat Qanday munosabat bildirdim? O'quvchining hissiyoti Nimalarga boshqacha yondashuv bilan munosabat bildirishim mumkin edi?

7Qo'llab-quvvatlash va e'tirof iboralari to'plami O'quvchini qabul qilish, e'tibor berish va qo'llab-quvvatlashni ifodalovchi 5 ta ibora yozing. Ularni amalda qo'llang:

"Bu yerda xato qilish xavfsiz, shuning uchun bemalol savol berishing mumkin."
"Harakat qilayotganingni ko'rib turibman, bu juda muhim."
"Sen bilan ishlash oson bo'lmasa-da, shaxs sifatida menga qiziqarli tuyulasan."
"Sen yolg'iz emassan, buni birgalikda hal qilamiz."
"O'zingni shunday his qilishga haqqing bor. Men sening yoningdaman."

8Hissiyotlarga yo'naltirilgan dars. Kelgusi darslardan birini tanlab, uning tuzilishini hissiy intellektni hisobga olgan holda o'zgartiring. Quyidagilarni o'ylab ko'ring:

  • O'quvchilar o'z fikrlari yoki his-tuyg'ularini ifodalashlari uchun qaysi payt eng qulay bo'ladi?
  • Turli ruhiy holatdagi o'quvchilar uchun topshiriqni qanday moslashtira olaman?
  • Har bir o'quvchi o'zini ishtirokchi deb his qilishi uchun darsni qanday yakunlayman?