1. Ssenariy tahlili «Siz qanday yo'l tutar edingiz?»
Tartib:
- O'qituvchi 3 real holatni o'qib eshittiradi (yoki slaydda chiqaradi):
Holat 1: Sizga sinf chatida haqoratli mem jo'natishdi.Holat 2: Anonim akkaunt shaxsiy suratingizni tarqatmoqda.Holat 3: Sinfdoshingizga nisbatan nafrat nutqi yozildi.
- Har bir holat yuzasidan sinfga savol bering:
- Bu holatda o'zingizni qanday his qilar edingiz?
- Nima qilish kerak deb o'ylaysiz?
- Kimga murojaat qilish mumkin? (ota-ona, o'qituvchi, yordam xizmati)
- O'quvchilar javoblarini aytadi, o'qituvchi asosiy xulosani taqdim etadi:
«Har qanday tahdid – shu jumladan internetda – jiddiy qabul qilinishi kerak. Yordam so'rash – bu kuchlilik belgisi».
2. «Haqiqat yoki mif?»
Tartib:
- O'qituvchi ekranda yoki qog'oz kartochkalarda bayonotlarni ko'rsatadi:
«Kiberbulling faqat maktab chatlarida bo'ladi».«Xaqorat – bu shunchaki hazil».«Internetda yozganing uchun javobgarlikka tortilmaysiz».
- O'quvchilar haqiqat yoki mif deb ovoz berishadi (qo'l ko'tarish, stiker yoki onlayn test).
- Har bir bayonot bo'yicha o'qituvchi izoh beradi:
Mif: Kiberbulling har qanday platformada bo'lishi mumkin.Mif: Haqorat – bu huquqbuzarlik, hatto «hazil» bo'lsa ham.Mif: Internetda yozgan so'zingiz uchun javobgarlik bor (Jinoyat kodeksi moddalari).
3. «To'xtat! Tushun! Himoya qil!» algoritmi
Tartib:
- O'quvchilarni 3–4 kishidan iborat guruhlarga bo'ling.
- Har guruhga onlayn zo'ravonlik misolini bering (masalan, chatda haqoratli memlar yoki tuhmat).
- Har guruh quyidagilarni muhokama qiladi va plakat/slayd tayyorlaydi:
«To'xtat!» – Qanday harakatlarni darhol to'xtatish kerak? (masalan, javob yozmaslik, troll bilan bahsga kirishmaslik)«Tushun!» – Jabrlanuvchiga qanday yordam kerak? (emotsional qo'llab-quvvatlash, ishonchli kattalarga xabar berish)«Himoya qil!» – Himoya choralari qanday? (blokirovka, skrinshot, shikoyat qilish)
- Guruhlar ish natijalarini taqdim qiladi. O'qituvchi umumiy xulosa qiladi:
«Onlayn xavfga duch kelganda – trolga kuch bermang, yordam so'rang, xavfsizlik choralarini ko'ring».