Internet orqali takroriy haqorat, tahdid yoki masxara qilish orqali shaxsga ruhiy zarar yetkazish.
Nafrat nutqi (Hate Speech)
+
Jins, millat, din, tashqi ko‘rinish yoki nogironlik belgisiga ko‘ra adovat, nafrat yoki kamsitishni targ‘ib qiluvchi har qanday muloqot shakli.
Tuhmat
+
Shaxsning obro‘siga putur yetkazish maqsadida yolg‘on ma’lumotni internetda tarqatish.
Jinsiy zo‘ravonlik (Onlayn)
+
Shaxsiy surat yoki videolar orqali shantaj qilish, shaxsiy ma’lumotlar orqali tahdid qilish yoki sha’nini kamsitishga qaratilgan onlayn tajovuz harakatlar.
Viktim-bleyming (Victim Blaming)
+
Zo‘ravonlik uchun javobgarlikni jabrlanuvchining o‘ziga yuklash — masalan, “o‘zi aybdor” degan noto‘g‘ri qarash.
Raqamli xushmuomalalik
+
Internetda hurmat, madaniy muloqot va mas’uliyatni ta’minlaydigan qoidalar majmuasi.
Psixologik oqibatlar
+
Kiberbulling va onlayn tajovuzdan keyin o‘quvchilarda paydo bo‘ladigan ruhiy jarohatlar — stress, xavotir, izolyatsiya, o‘z-o‘zini qadrsiz his qilish.