Ijtimoiy tarmoq algoritmlari tufayli foydalanuvchi doim bir xil fikrlar va ma’lumotlarni ko‘radigan vaziyat, bu esa dunyoqarashning cheklanishiga olib keladi.
Algoritmlar
+
Ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchining qiziqishi va faoliyatiga asoslanib kontentni tanlab taqdim etuvchi dasturiy qoidalar tizimi.
Dezinformatsiya
+
Bila turib yolg‘on yoki noto‘g‘ri ma’lumotlarni tarqatish, aksar hollarda manipulyatsiya qilish maqsadida.
Yarim haqiqat
+
Aniq faktlar yoki ma’lumotlarning qisman to‘g‘ri bo‘lishi, ammo kontekstdan chiqarilgan yoki buzilgan holda taqdim qilinishi.
Manipulyatsiya
+
Odamlarning fikr va hissiyotlariga ta’sir ko‘rsatish, ularni ma’lum yo‘nalishda harakat qilishga undash uchun psixologik yoki axborot vositalaridan foydalanish.
Mediasavodxonlik
+
Axborotni tanqidiy baholash, manbalarni tekshirish va soxta ma’lumotni aniqlash qobiliyati.
Faktcheking
+
Axborot yoki yangiliklarning haqiqiyligini maxsus vositalar va ishonchli manbalar orqali tekshirish jarayoni.
Feyk-nyus
+
Yangilik ko‘rinishida tarqatiladigan yolg‘on yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumot.
Fitna nazariyasi
+
Voqealar yoki hodisalarga “maxfiy” tushuntirish beruvchi va ko‘pincha odamlarni manipulyatsiya qilish uchun tarqatiladigan g‘oyalar.
Takrorlash effekti
+
Bir xil xabarni qayta-qayta eshitish natijasida uni haqiqatdek qabul qilishga moyillik.
Guruhli fikrlash
+
Odamlar mustaqil fikrlash o‘rniga guruhdagi ko‘pchilik fikriga qo‘shilib ketadigan holat.
Vizual manipulyatsiya
+
Rasm, video yoki grafik materiallar orqali kontekstdan yulib olingan yoki soxtalashtirilgan ma’lumotlar taqdim etilishi.