INTERFAOL TOPSHIRIQLAR

Fishing va onlayn xavfsizlik

1. Fishingni toping

Maqsad: Fishing xatlari va haqiqiy xabarlarni farqlash.
Vaqt: 10 daqiqa

Tartib:

O'qituvchi ikki xatni ko'rsatadi:

  1. Haqiqiy xat: Bankning rasmiy xabarnomasi (logotip, domen, shrift to'g'ri).
  2. Soxta xat: «Kartangiz bloklandi! 24 soat ichida havolaga o'ting» (shubhali domen, imloda xatolar).

O'quvchilar guruhlarda xatlarni tahlil qiladi va quyidagi savollarga javob berishadi:

  • Jo'natuvchi kim?
  • Havola manzili qanday?
  • Matnda xatolar yoki bosim ifodalari bormi?
Xulosa: Har qanday xavola yoki kod so'ralgan xabarni shubha bilan qabul qilish kerak.

Xat 1 – Haqiqiy bank xabari

Xat 2 – Soxta (fishing) xat

2. Grumingni aniqlash

Maqsad: Bolalarni ishonchni suiiste'mol qilish holatlaridan ogohlantirish.
Vaqt: 15 daqiqa

Tartib:

• O'qituvchi 3 vaziyatni o'qib eshittiradi:

1. «Men senga ishonaman, faqat sening sur'atingni ko'rgim keladi».
2. «Hech kimga aytma, bu faqat oramizda».
3. «Agar bunday qilmasang, videolarni tarqataman».

• O'quvchilar savollarga javob beradi:

  • Bu vaziyatda nimalar xavfli?
  • Agar bu do'stingiz bilan sodir bo'lsa, qanday maslahat berasiz?
Xulosa: Gruming bosqichlari (ishonch → izolyatsiya → shantaj) va yordam so'rashning ahamiyati.

3. «Xavfli havola» o'yini

Maqsad: Xavfli va xavfsiz havolalarni ajratish.
Vaqt: 10 daqiqa

Tartib:

O'qituvchi ekranda 5 havolani ko'rsatadi:

O'quvchilar guruhlarda xavfsiz va xavfli havolalarni aniqlaydi va sababini tushuntiradi.

Xulosa: Haqiqiy sayt doimo HTTPS bilan, rasmiy domen bilan (gov, uz, org) ishlaydi.