GLOSSARIY

Ta'lim terminlari lug'ati

Firibgarlik (Onlayn)

+
Internetda shaxsiy ma’lumotlar yoki pulni qo‘lga kiritish maqsadida amalga oshiriladigan aldov yoki manipulyatsiya.

Fishing (Phishing)

+
Elektron pochta yoki xabar orqali firibgarlar odamni soxta saytga yo‘naltirib, shaxsiy ma’lumot yoki karta ma’lumotlarini olishga urinadigan usul.

Vishing (voice phishing)

+
Telefon qo‘ng‘iroqlari orqali amalga oshiriladigan firibgarlik. Masalan, o‘zini bank xodimi deb tanishtirib, karta ma’lumotlarini olish.

Sms-firibgarlik (Smishing)

+
Messenjer yoki SMS orqali havola yuborish, unga kirish orqali shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlashga qaratilgan hiyla.

Soxta saytlar

+
Rasmiy resursga o‘xshash tarzda tayyorlangan, lekin ma’lumot o‘g‘irlash uchun yaratilgan veb-sahifalar.

Yutuqli o‘yinlar (Prize Scams)

+
«Sovrin yutib oling», «3 ta savolga javob bering» kabi soxta reklama orqali karta ma’lumotlarini qo‘lga kiritish usuli.

Hisoblarni o‘g‘irlash

+
Ijtimoiy tarmoqlar yoki pochtadagi akkauntlarni buzish yoki soxta forma orqali parolni o‘g‘irlash.

Ijtimoiy muhandislik (Social Engineering)

+
Texnik vositalarsiz, ishonch qozonish va psixologik bosim orqali shaxsiy ma’lumotlarni olish.

Gruming (Grooming)

+
Internetda kattalar tomonidan bola bilan ishonchli aloqa o‘rnatib, keyin shaxsiy suratlar yoki boshqa maqsadlarda foydalanish.

Raqamli sevgi (Digital Romance Scam)

+
Ishonch qozonish va ehtiros uyg‘otish orqali shaxsiy ma’lumot yoki pul talab qilish uchun o‘ylab topilgan aloqa turi.

Manipulyatsiya (Onlayn)

+
Insonning hissiyotlariga ta’sir qilish orqali qarorlariga yoki xatti-harakatlariga ta’sir o‘tkazish.

Raqamli gigiyena

+
Internetda xavfsiz bo‘lish uchun oddiy qoidalar majmui: murakkab parollar qo‘llash, ikki bosqichli himoyani yoqish, shubhali havolalarga kirmaslik.

🔍 Qidirilgan so'z topilmadi

12 ta termin mavjud