GLOSSARIY
Ta'lim terminlari lug'ati
Yetakchilik
+
Bu jamoani umumiy maqsad sari yo‘naltirish, boshqarish va ilhomlantirish jarayoni.
Rasmiy yetakchi
+
Lavozim yoki mansab orqali jamoani boshqarish huquqiga ega shaxs (masalan, direktor, sinf rahbari).
Norasmiy yetakchi
+
Jamoada rasmiy lavozimga ega bo‘lmasa ham, xarizma, bilim yoki ta’siri orqali boshqalarni ergashtira oladigan shaxs.
Xarizma
+
Shaxsning boshqalarda ijobiy taassurot uyg‘otishi va ularni ergashtirish qobiliyati.
Ta’sir
+
Yetakchining o‘z qarashlari, g‘oyalari va xatti-harakatlari orqali jamoa a’zolarining fikri va faoliyatiga yo‘naltiruvchi kuch ko‘rsata olishi.
Ilhomlantiruvchi yetakchi
+
Jamoa a’zolarining kayfiyatini ko‘tarish, ularni qo‘llab-quvvatlash va faoliyatga qiziqtira olish qobiliyatiga ega shaxs.
Jamoa kayfiyati
+
Guruhdagi ruhiy muhit, a’zolarning umumiy kayfiyati va o‘zaro munosabatlari.
Qo‘llab-quvvatlash
+
Jamoa a’zolariga rag‘bat, yordam va motivatsiya berish orqali ularni faolroq ishtirok etishga undash jarayoni.
Yetakchilik uslublari
+
Rahbarning jamoa bilan ishlashdagi yondashuvlari (avtoritar, demokratik, erkin).
Uslub mosligi
+
Rahbarning o‘z yetakchilik uslubini vaziyatga qarab o‘zgartirish va moslashtirish qobiliyati.
Maqsadlar
+
Jamoa faoliyati yo‘nalishini belgilovchi aniq vazifalar va natijalar.
Ishonch
+
Jamoa a’zolarining rahbar va bir-biriga bo‘lgan ishonchi, muvaffaqiyatli hamkorlikning asosiy omili.
Shaxsiy yetakchilik qobiliyati
+
Har bir insonning o‘zini boshqarish, tashabbus ko‘rsatish va boshqalarga ijobiy ta’sir ko‘rsatish ko‘nikmalari.
Liderlik amaliyoti
+
Yetakchilik nazariy bilimlarini hayotda, jamoa bilan ishlashda samarali qo‘llash jarayoni.
🔍 Qidirilgan so'z topilmadi
14
ta termin mavjud