GLOSSARIY

Ta'lim terminlari lug'ati

Notiqlik

+
So‘zlash san’ati bo‘lib, tinglovchiga kerakli xabarni tushunarli, izchil va ta’sirchan usulda yetkazish mahorati.

Notiqlik nutqi yo‘nalishlari

+
Nutqning asosiy maqsadiga qarab turlari: ishontiruvchi, ilhomlantiruvchi va ta’limiy (o‘rgatuvchi) nutqlar.

Verbal kommunikatsiya

+
Og‘zaki so‘zlash orqali muloqot qilish jarayoni bo‘lib, so‘zlar, intonatsiya, ohang, tezlik, pauza va talaffuzni o‘z ichiga oladi.

So‘z-parazitlar

+
Nutqda ma’nosiz yoki keraksiz takrorlanadigan so‘zlar (“mana”, “xullas”, “demak” va boshqalar) bo‘lib, ular nutqning tiniqligini pasaytiradi.

Ovoz kuchi

+
Nutqning qanchalik baland va aniq eshitilishini bildiradi. To‘g‘ri nafas olish orqali ovoz kuchi boshqariladi.

Tembr

+
Ovozning ohangdorligi va “ta’mi”. U tug‘ma xususiyat bo‘lsa-da, mashqlar orqali yoqimli va jozibador qilish mumkin.

Diksiya

+
So‘z va tovushlarning aniq talaffuz qilinishi. Toza diksiyaga ega bo‘lish tinglovchilar nutqni yaxshiroq qabul qilishiga yordam beradi.

Ovoz turlari

+
Ayollarda – soprano (baland), kontralto (past); erkaklarda – tenor (baland), bas (past) ovoz diapazonlari mavjud.

Sahna qo‘rquvi

+
Ommaviy chiqish oldidan yuzaga keladigan hayajon va qo‘rquv holati bo‘lib, uni mashqlar va tayyorgarlik orqali yengish mumkin.

Axborot beruvchi nutq

+
Tinglovchilarga aniq fakt va ma’lumot yetkazishga qaratilgan nutq shakli.

Ko‘ngilochar nutq

+
Auditoriyani xushnud qilish, kayfiyatini ko‘tarish uchun mo‘ljallangan nutq turi.

Etiket nutqi

+
Jamiyatda qabul qilingan odob-axloq va marosim qoidalariga mos nutq (masalan, tabrik nutqlari, rasmiy qabul nutqlari).

Auditoriyani o‘rganish

+
Notiq nutq tayyorlashda tinglovchilarning yoshi, saviyasi va ehtiyojlarini hisobga olishi jarayoni.

Refleksiya mashqlari

+
Nutqdan keyin o‘zini tahlil qilish, xulosa chiqarish va keyingi chiqishlarni yaxshilash uchun bajariladigan amaliy mashqlar.

🔍 Qidirilgan so'z topilmadi

14 ta termin mavjud