GLOSSARIY

Ta'lim terminlari lug'ati

Psixologik ta’sir

+
O‘qituvchining nutqi orqali tinglovchilarning fikr, hissiyot va xulqiga ongli ravishda ta’sir ko‘rsatish jarayoni.

Nutq tuzilishi

+
Nutqning asosiy qismlari: kirish (6–9 daqiqa), asosiy qism (30–40 daqiqa) va yakun (12–18 daqiqa). Har bir bo‘lim maqsadli va izchil bo‘lishi lozim.

Kirish qismi

+
Tinglovchilar e’tiborini jalb qilish uchun ishlatiladigan boshlang‘ich qism. Unda shaxsiy hikoya, hayratlantiruvchi voqea yoki savol qo‘llanadi.

Asosiy qism

+
Nutqning asosiy mazmuni beriladigan qism bo‘lib, faktlar, hikoyalar, misollar va savollar yordamida tinglovchilarda qiziqish uyg‘otiladi.

Yakuniy qism

+
Nutqning xulosa qismi bo‘lib, asosiy fikrlarni umumlashtirish, tinglovchilarni harakatga undash va ta’sirchan yakun yasashdan iborat.

Noverbal omillar

+
Nutqda so‘zdan tashqari vositalar: qo‘l harakatlari, yuz ifodalari, tana tilidan foydalanish, vizual materiallardan yordamchi sifatida foydalanish.

Kuchaytiruvchi omillar

+
Nutqning ta’sirchanligini oshiruvchi usullar: hazil, pauzalar, tinglovchilar bilan savol-javob, hayotiy misollar.

Argument turlari

+
Nutqni ishonchli qilish uchun qo‘llanadigan dalillar: ratsional (faktlar, dalillar), emotsional (hissiyot uyg‘otuvchi dalillar), axloqiy (qadriyatlarga asoslangan dalillar).

Notiqlik xatolari

+
Ommaviy chiqishlarda tez-tez uchraydigan kamchiliklar: hayajon, monotonlik, mavzudan chetlashish, so‘z-parazitlar, tartibsiz tashqi ko‘rinish.

Refleksiya

+
O‘z nutqini tahlil qilish, kuchli va zaif tomonlarini aniqlash, kelgusida yanada samarali chiqish uchun xulosalar chiqarish jarayoni.

🔍 Qidirilgan so'z topilmadi

10 ta termin mavjud