Insonning o‘zini turli vaziyatlarda qanday his qilishi, kuchli va zaif tomonlarini tan olish hamda o‘z hayot yo‘lini boshqalar bilan solishtirmasdan belgilash jarayoni.
Adekvat o‘zini baholash
+
Insonning kuchli va zaif tomonlarini real tarzda baholashi, o‘zini ortiqcha maqtamasligi yoki kamsitmasligi.
Past o‘zini baholash
+
Insonning doim o‘zini boshqalardan yomonroq deb bilishi, ishonchsizlik hissi ustunligi.
Yuqori o‘zini baholash
+
Shaxsning o‘zini boshqalardan ustun deb hisoblash, haddan tashqari o‘ziga ishonib ketishi.
O‘ziga ishonch
+
Insonning o‘z kuchi va imkoniyatlariga ijobiy qarashi, xatolardan qo‘rqmasligi va muvaffaqiyat sari intilishi.
Motivatsiya
+
Insonni oldinga undovchi ichki kuch bo‘lib, kichik g‘alabalar yoki yutuqlar orqali yanada kuchayadi.
Motivatsion iboralar
+
Qiyin vaziyatlarda insonni ruhlantiradigan, ichki kuchni uyg‘otadigan qisqa jumlalar (masalan, “O‘ziga ishongan odam uchun imkonsiz narsa yo‘q”).
Amaliy mashqlar
+
O‘z-o‘zini baholash va ishonchni oshirish uchun kundalik bajariladigan oddiy mashqlar (masalan, ertalab uchta ijobiy sifatni sanash, kichik maqsad qo‘yish va uni bajarish).
Ichki ovoz
+
Insonning o‘z-o‘ziga bergan bahosi va ichki suhbatlari bo‘lib, ijobiy ichki ovoz o‘ziga bo‘lgan ishonchni mustahkamlaydi.
Qadriyat hissi
+
Insonning o‘zini qanday ko‘rishi va qadrlashi. Bu boshqalarning fikridan emas, balki shaxsning ichki qarashidan kelib chiqadi.