1-vaziyat: “Sun’iy intellekt o‘qituvchilarni almashtiradi” sarlavhali maqola sabab sarosima yuzaga keldi⌄
Vaziyat:
Ijtimoiy tarmoqda “Sun’iy intellekt o‘qituvchilarni yaqin 5 yilda to‘liq almashtiradi!” sarlavhali maqola tarqaldi. Xabarning ichida faktlar yetarli emas, hissiy manipulyatsiya kuchli.Ba’zi o‘quvchilar va ota-onalar xavotirga tushdi, o‘qituvchilar esa dars jarayonida bosim sezmoqda.
Amaliy yondashuv:
5W1H metodi asosida sarlavhani tekshirish mashqi: Kim aytdi? Qayerda e’lon qilindi? Dalil bormi? Qachon? Nega aynan hozir? Nima uchun bu xabar tarqatilgan?
Xabar matnidan manipulyativ unsurlar (qo‘rquv, keskin ta’kid, umumlashma) ajratiladi.
Rasmiy manbalarni solishtirish: Vazirlik va idoralar, xalqaro tashkilotlarning rasmiy saytlariga joylashtirilgan ma’lumotlaridan real faktlar ko‘riladi.
“Haqiqat – sarlavha ortidagi niyat” mashqi o‘tkaziladi.
Natija:
Ishtirokchilar sarlavhani ko‘rib darrov ishonmaslik, hissiy ta’sirni seza olish va dezinformatsiyani tanqidiy tahlil qilish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi.
2-vaziyat: Dipfeyk orqali yaratilgan yolg‘on video o‘quvchilarda chalkashlik yuzaga keltiradi⌄
Vaziyat:
Telegramda “Taniqli o‘qituvchi yangi darsliklarni tanqid qildi” degan video tarqaldi. Videodagi ovoz va yuz o‘sha o‘qituvchiga o‘xshaydi, ammo u bunday chiqish qilmagan. Bu dipfeyk bo‘lib, o‘quvchilar orasida katta shov-shuv keltirib chiqardi.
Amaliy yondashuv:
Dipfeyk aniqlash uchun 5 ta belgini o‘rganish:
Yuz chizig‘idagi noaniqlik;
Ovozning ohangidagi sun’iylik;
Yorug‘likdagi nomutanosiblik;
Lab harakati bilan nutqning mos kelmasligi;
Videodagi keskin montaj izlari.
O‘quvchilar bilan “Haqiqat yoki montaj?” mashqi: 6 ta video namuna, ular orasidan dipfeykni ajratish.
Rasmiy manbani tekshirish va video haqidagi faktlarni aniqlash mashqi.
Natija:
O‘quvchi va o‘qituvchi dipfeyk texnologiyalarni farqlash, vizual manipulyatsiyani yakuniy haqiqat sifatida qabul qilmaslik, “video ko‘rdim, demak to‘g‘ri” degan fikrdan voz kechish ko‘nikmasini shakllantiradi.
3-vaziyat: O‘quvchi sun’iy intellekt yaratgan yolg‘on matnni referat sifatida topshiradi⌄
Vaziyat:
O‘quvchi ChatGPTdan “O‘zbekiston tarixida XX asr islohotlari” bo‘yicha matn oldi. Sun’iy intellekt yaratgan matn grammatik jihatdan mukammal, lekin faktlar noto‘g‘ri: ba’zi yillar, islohot nomlari, tarixiy shaxslar o‘rin almashgan. O‘quvchi buni tekshirmasdan referat sifatida topshirgan.
Bu holat moduldagi SI yaratgan kontentni tekshirish zarurati, faktcheking, CRAAP testi qoidalariga mos.
Amaliy yondashuv:
O‘quvchilarga CRAAP testi asosida matnni tahlil qilish topshirig‘i beriladi: C – yangiligi, R – mosligi, A – mualliflik, A – aniqlik, P – maqsad.
SI matnidagi 5 ta faktni rasmiy manbalar (ziyouz, lex.uz, tarix darsligi) orqali tekshirish mashqi.
“SI — yordamchi, ammo yakuniy manba emas” qoidasi muhokama qilinadi.
O‘quvchi SI matnini o‘z fikri, misoli, tahlili bilan boyitish bo‘yicha amaliy ko‘rsatma oladi.
Natija:
O‘quvchilar SI yaratgan har bir matnni tekshirish, dalilga asoslanmagan ma’lumotni rad etish va fact-checkingni odatga aylantiradi.
Yakuniy xulosa
Ushbu modulga asoslangan amaliy mashg‘ulotlar orqali ishtirokchilar:
– Sun’iy intellektning imkoniyatlari va xavflarini farqlay oladi;
– SI orqali yaratilgan dezinformatsiya, dipfeyk, manipulyativ kontentni aniqlash ko‘nikmalariga ega bo‘ladi;
– Hissiy sarlavha va manipulyatsiyaning psixologik ta’sirini anglaydi;
– 5W1H va CRAAP testi yordamida xabar, video, matnning haqiqatga mosligini baholashni o‘rganadi;
– O‘quvchilarga “axborot yaratish mas’uliyati”ni singdira oladi;
– SI’ni pedagogik jarayonda to‘g‘ri, nazoratli va axloqiy ravishda qo‘llashni o‘zlashtiradi.
Natijada pedagog sun’iy intellekt asrida o‘quvchilarni haqiqatni farqlay oladigan, mediaimmuniteti kuchli, tanqidiy fikrlovchi shaxs sifatida tarbiyalash imkoniyatiga ega bo‘ladi.