1-vaziyat: Darsda media vositalar bor, ammo o‘quvchilar passiv⌄
Vaziyat:
O‘qituvchi darsda slaydlar, video va elektron darsliklardan foydalanadi, ammo o‘quvchilar faqat tomoshabin bo‘lib qolmoqda. Ularda tahlil qilish, fikr bildirish yoki kontent yaratish jarayoni kuzatilmaydi. Dars texnik jihatdan raqamli, ammo pedagogik jihatdan faollashtiruvchi emas.
Amaliy yondashuv:
Darsda “faqat ko‘rish” emas, “yaratish” elementini kiritish:
– videoni ko‘rgach, o‘quvchilar 15 soniyalik “xulosa videosi” tayyorlaydi;
– slayddan so‘ng kichik infografika yaratish topshirig‘i beriladi;
– guruhlar Padlet yoki Jamboard orqali umumiy fikr xaritasi yaratadi.
“Savol yaratuvchi o‘quvchi” mashqi: o‘quvchilar ko‘rilgan kontent bo‘yicha o‘zlari savol tuzadi.
Kontentni bahs-munozara bilan uyg‘unlashtirish: “Nima uchun muhim?”, “Qanday qo‘llaymiz?” savollari orqali fikrlashga undash.
Natija:
Dars jarayoni biryoqlama iste’moldan ijodiy ishtirokka o‘tadi. O‘quvchilar tahlil qiladi, yaratadi, fikr bildirad (bildiradi). Mediata’limning asosiy maqsadi amalga oshadi.
2-vaziyat: O‘qituvchi raqamli vositalardan haddan ziyod foydalanmoqda⌄
Vaziyat:
O‘qituvchi har bir darsda Kahoot, Quizizz (hozirda wayground), Jamboard video, animatsiya va slaydlarni ketma-ket qo‘llaydi. Effektlar ko‘p, lekin maqsad chalkash. O‘quvchilar e’tibori vositalarning ko‘pligi sabab chalg‘imoqda. Raqamli vosita — maqsad emas, vosita bo‘lgan holat buzilgan.
Amaliy yondashuv:
“Bir mavzu – bir asosiy vosita” qoidasi bo‘yicha dars rejalashtirish.
Har bir raqamli vosita uchun savol: “Bu vosita nima qo‘shib beradi?”
Taklif
“Bu vosita nima beradi?” yoki “Bu vositaning afzalligi nimada?” yoki “Bu vositaning afzalliklari qanday?”
Raqamli materialni “bezatish emas, o‘rgatish vositasi” sifatida ko‘rish mashqi.
3-5 daqiqalik mini-refleksiya: o‘quvchilar darsda qaysi vosita eng samarali bo‘lganini aytadi.
O‘qituvchi pedagogik maqsadga asoslangan holda 2 ta vositani tanlaydi:
(masalan, Kahoot – baholash, Canva – ijodiy ifoda).
Natija:
O‘qituvchi raqamli vositalardan maqsadli foydalanishni o‘rganadi, dars ortiqcha texnik yuklamadan xoli bo‘ladi va kontent aniq, soddalashtirilgan, maqsadga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
3-vaziyat: O‘quvchilar media yaratishda faqat ko‘chirma kontentdan foydalanmoqda⌄
Vaziyat:
O‘qituvchi “Bobur hayoti haqida qisqa video yarating” topshirig‘ini beradi. O‘quvchilar internetdan rasmlar, tayyor matnlar va videolarni yuklab, minimal o‘zgarish bilan topshiradi. O‘quvchining fikrlashi, tahlili yoki ijodi ko‘rinmaydi.
Amaliy yondashuv:
“O‘zbekiston tarixidan 1 ta fakt – 1 ta izoh – 1 ta rasm” modeli asosida o‘quvchining o‘z fikrini kiritish talabi qo‘yiladi.
Video uchun ssenariy yaratish mashqi: har o‘quvchi 5 jumlali mini-ssenariy yozadi.
“O‘z ovozing bilan tushuntir” sharti qo‘yiladi. Videoga o‘quvchi ovozi bilan hikoya yozadi.
Ijodiy kokteyl mashqi: internetdan olingan rasmga o‘quvchi o‘z g‘oyasini qo‘shib, mazmunni boyitadi. Bunda u tayyor matndan foydalanmay, o‘z savollari asosida mazmunni shakllantiradi.
Natija:
O‘quvchi mustaqil fikrlashga, kontentga o‘z ovozi, o‘z g‘oyasini qo‘shishga o‘rganadi; mediata’limning asosiy maqsadi ijodkor shaxsni shakllantirish, amalda ro‘yobga chiqadi.
Yakuniy xulosa
Ushbu amaliy keyslar orqali o‘qituvchi:
– Mediata’limning tub maqsadi o‘quvchini tahlil qiluvchi, yaratadigan, o‘ylaydigan shaxsga aylantirish ekanini anglaydi.
– Raqamli pedagogikani texnika sifatida emas, pedagogik qaror sifatida qo‘llashni o‘rganadi.
– Har bir media vosita darsga mazmun, interaktivlik yoki ijodiylik qo‘shishini tahlil qiladi.
– O‘quvchini media iste’molchidan media yaratuvchiga aylantirish uchun metodik vositalar bilan ishlaydi.
– Raqamli vositalar bilan boyitilgan darsni soddalashtirilgan, maqsadga yo‘naltirilgan va qimmatli holga keltiradi.
Natijada o‘qituvchi mediata’lim va raqamli pedagogika yordamida darsni zamonaviy, samarali va ijodiy rivojlantiruvchi tajribaga aylantira oladi.