1-topshiriq. tadbirkorlik kompetensiyalarini baholash
Maqsad: o‘quvchilarda refleksiya va ongli yondashuv ko‘nikmalarini rivojlantirish.
Ko‘rsatma:
1. Qog‘ozni besh ustunga bo‘ling: tashabbuskorlik, mas’uliyat, rejalashtirish, jamoaviy ish, kreativlik.
2. O‘quvchi har bir kompetensiya bo‘yicha o‘zini 1 dan 5 gacha baholaydi.
3. Har bir ustunda o ‘z hayotidan aniq misol keltiradi.
Sinfda muhokama qilish: o‘qituvchi har bir o‘quvchida tadbirkorlik tafakkuri qanday namoyon bo‘lganini ko‘rsatadi.
2-topshiriq. «Mif yoki fakt?» munozarasi
Maqsad: tanqidiy tafakkurni shakllantirish.
O‘qituvchi fikrlarni o‘qib beradi, o‘quvchilar esa ularni muhokama qilib aniqlaydilar.
• «Xatolar — bu ojizlik belgisi».
• «Tadbirkorlik uchun albatta katta boshlang‘ich kapital kerak».
• «Jamoada ishlash har doim yakka ishlashdan samaraliroq».