1-topshiriq. «RMHQ mashqi: 20 daqiqada haftalik ishlaydigan byutjet yaratish»
Maqsad. "Rejalashtirish — Moliyalashtirish — Hisob-kitob — Qayta ko‘rib chiqish" siklini real misolda mashq qilish.
Shakl. Yakka tartibda, shundan soʻng kichik guruhda himoya qilish.
Mashgʻulotning borishi:
Reja (5 daq): Boshlang‘ich ma’lumotlar: 7 kun uchun daromad — 100 000 so‘m.
Bir hafta uchun bitta maqsadni yozing (masalan: «o‘qish jamg‘armasiga 10 000 so‘m ajratish»), 10–15% zaxirani belgilang, 2–3 ta toifa tanlang: majburiy xarajatlar, istalgan xarajatlar, maqsadlar.
Hisob-kitob (5 daq). 4 ta qisqa kun (oʻqituvchi kartochkasi):
1-kun Yoʻl kira haqi 10,000 soʻm, tushlik 7,000 soʻm.
2-kun Daftarlar 12,000 soʻm, kino 15,000 soʻm.
3-kun (kutilmagan) Sovgʻa 50,000 soʻm, faqat 20,000 soʻm mablagʻ mavjud.
4-kun Bir martalik qoʻshimcha ish +10 000 soʻm.
Har bitta operatsiyani kichik jadvalda belgilab boring: sana, toifa, summa, qaydlar «majburiy/ixtiyoriy» va «qat’iy/oʻzgaruvchan».
Qayta koʻrib chiqish (7 daqiqa): Juft boʻlib muhokama qiling: nima samarali boʻldi; keyingi haftada nimani o‘zgartirasiz (zaxirani oshirasizmi? «Sovg‘a» uchun alohida jamg‘arma ochasizmi?).
Materiallar: RMHQ varag‘i (jadval + 4 ta «kun» kartochkasi).
Kriteriyalar: zaxira ≥10 %; maqsad hisobga olingan; kutilmagan holatdan keyin byudjet ongli ravishda tuzatish orqali tiklangan; keyingi sikl uchun 1–2 ta tuzatish shakllantirilgan.
Vaqt: 15–18 daqiqa
2-topshiriq. «Ishchi konvertlar: limit va kutilmagan holatlar»
Maqsad. Resurslarning cheklanganini va oldindan belgilangan limitlarning foydasini his qilish.
Shakl. 3–4 kishidan iborat mini-guruhlar.
Jarayon: Har bir guruhga 4 ta «konvert» (majburiy, istaklar, maqsadlar, zaxira) va 120 000 miqdorida «pul» beriladi.
Avval mablag‘larni 60/25/15 sxemasiga ko‘ra taqsimlang va 5 000 ni qo‘shimcha ravishda «zaxira» ga qo‘shing.
Majburiy72 000
Istaklar30 000
Maqsadlar18 000
Zaxira5 000
Kutilmagan holat kartochkalari (Guruh sardori tasodifiy tanlaydi):
«Yo‘l chiptasi yo‘qoldi: −20 000»
«Mobil internet qimmatladi: majburiу xarajatlarga +5 000»
«Do‘stning tug‘ilgan kuni: −50 000»
Qoidalar: Pulni quyidagi qoidalarga ko‘ra qayta taqsimlash kerak: maqsad chetga surilmaydi, «istaklar» vaqtincha qisqartiriladi va zaxira ishlatiladi;
zarurat bo‘lsa «qo‘shimcha ish» bajariladi (shartli ravishda o‘qituvchi beradigan kichik topshiriq uchun +10 000).
Kriteriyalar: Maqsad saqlangan; zaxira to‘g‘ri maqsadda qo‘llangan; istaklar asosli qisqartirilgan.