AMALIY KEYSLAR
1-keys. “Moliyaviy yostiq”
O‘quvchi 10% cho‘ntak jamgʻarib borgan. 6 oy ichida u noutbukni ta’mirlashga yetadigan summani jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi.
Muhokama uchun savollar:
Bu misoldan qanday saboqni olish mumkin?
Nega muntazam ravishda, kichik bo‘lsa ham, pul jamg‘arib borish muhim?
2-keys. “Kompaniya va biznesning ijtimoiy mas’uliyati”
Kompaniyaning foydasi — 200 mln so‘m.
Ikki variant mavjud:
1
Barcha mablag‘ni reklama uchun sarflash;
2
Uning bir qismini ta’lim loyihalariga yo‘naltirish.
Tahlil savollari:
Kompaniyaning obro‘si jamiyat ko‘z oʻngida qanday o‘zgaradi?
Foydadan tashqari biznesning ijtimoiy mas’uliyati (BIM) ta’sirini qanday baholash mumkin?