
Maktabgacha taʼlim tashkilotining tayyorlov guruhida faoliyat yurituvchi tarbiyachi Nodiraxon Soliyeva kuzatuv jarayonida bolalardan biri — Azizbek tomonidan ketma-ket uch kun davomida tajovuzkor xatti-harakatlar namoyon qilinayotganini aniqladi.
Xususan, u guruhdoshlarini turtib yuborish, mashgʻulot jarayoniga toʻsqinlik qilish, tarbiyachining koʻrsatmalariga boʻysunmaslik, oʻyinchoqlarni baham koʻrmaslik kabi salbiy munosabatlarni takrorlay boshlagan.
Navbatdagi holatda ertalabki faoliyat davomida Azizbek guruhdagi qizchani jismoniy kuch bilan itarib yuborgan va uning konstruktor — yigʻma oʻyinchogʻini tortib olgan. Tarbiyachi pedagog tomonidan bolaning xatti-harakatlariga nisbatan ogʻzaki suhbat va tarbiyaviy tushuntirish ishlari oʻtkazilgan boʻlsa-da, bola suhbatni rad etib, baland ovozda baqirgan va burchakka oʻzini yashirgan.
Mazkur holat yuzasidan tarbiyachi Azizbekning onasini suhbatga taklif qiladi. Ammo ota-ona vaziyatga keskin emotsional munosabat bildiradi:
"Oʻgʻlim uyda xotirjam, odobli bola. Balki guruhda kimdir unga yomon munosabatda boʻlayotgandir? Nega birinchi boʻlib Azizbekni ayblaysiz?" — deya eʼtiroz bildirdi.
Savollar:
- 1-savol: Siz tarbiyachi o'rnida bo'lganingizda qanday yo'l tutgan bo'lardingiz?
- 2-savol: Azizbekning onasiga nima deb javob bergan bo'lardingiz?
- 3-savol: Suhbatdan so'ng qanday choralarni ko'rgan bo'lardingiz?
Savollarga oid tavsiyalar
-
Har doim hurmat va xotirjamlik bilan gapiring, hattoki ota-ona g'azablangan bo'lsa ham. Hech kimni ayblamang — faqat siz guvoh bo'lgan holatlarni ayting.
-
Ota-ona bilan hamkorlikka tayyor ekanligingizni ko'rsating. Bolaning va onaning ruhiy holatini inobatga oling — ohangni yumshoq tuting.
-
Kasbiy yondashing: psixolog tavsiyasi, kuzatish yoki maslahat taklif qiling. Kelajakni ham o'ylang — oldini olish choralarini ham muhokama qiling.