Öquv-metodik faoliyatga oid atamalar luğati
- Uslubiy koʻrsatma
muayyan fanning oʻquv dasturi boʻyicha kurs ishlari (loyihalari), laboratoriya va amaliy ishlarni, shuningdek bitiruvchilarning bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertatsiyalarini bajarish tartibi aniq va batafsil ifodalangan hamda ushbu fan boʻyicha bilim oluvchilarda zarur amaliy koʻnikmalar hosil qilishga moʻljallangan, taʼlim muassasalarining kengashi (pedagogika kengashi) tavsiyasi asosida chop etiladigan kichik adadli nashr
- Uslubiy qoʻllanma
professor-oʻqituvchilar va bilim oluvchilar uchun moʻljallangan boʻlib, unda bir darsning maqsadi, dars oʻtish vositalari va ulardan foydalanish usullari, darsning mazmuni, amaliy mashgʻulotlar, qoʻshimcha topshiriqlar va boshqalar haqida tavsiyalar bayon qilinadigan, taʼlim muassasalarining kengashi (pedagogika kengashi) tavsiyasi asosida chop etiladigan nashr
- Uslubiy tavsiyanoma
muayyan fanning oʻquv dasturi boʻyicha mavzularning asosiy mazmunini yoki ayrim murakkab mavzular va masalalarni oʻzlashtirish, nazariy va amaliy vazifalar, topshiriqlarni bajarish boʻyicha uslubiy yordam koʻrsatish va pedagogik tavsiya berishga qaratilgan yordamchi oʻquv adabiyoti hisoblanadigan, taʼlim muassasalarining kengashi (pedagogika kengashi) tavsiyasi asosida chop etiladigan kichik adadli nashr