R A Q A M L I
T A L I M
Yosh olimlar va tadqiqotchilar maktabi

“YOSH OLIMLAR VA TADQIQOTCHILAR MAKTABI” PLATFORMASI

Mazkur platforma foydalanuvchilarga tavsiya sifatida ishlab chiqilgan

ENG KOʼP SOʼRALADIGAN SAVOLLAR VA ULARGA JAVOBLAR


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 6 noyabrdagi 696-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qaroriga oʼzgartirish kiritildi.

Unga koʼra mazkur qarorning 2-ilovasi 38-bandidan “talabgorlardan kamida ikki yillik ilmiy-pedagogik ish staji yoki muayyan ilmiy yutuqlar (ixtiro uchun patentlar yoki mualliflik guvohnomalari) talab etiladi” jumlasi chiqarib tashlandi.

Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchilikka rasmiylashtirishda ilmiy-pedagogik staj talab etilmaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qarorining 1-ilovasi 3 bob 9-bandi uchinchi xatboshiga koʻra falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy jurnallar va nashrlarda chop etilgan kamida bitta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlarda, tegishli ilmiy yoʻnalishlar boʻyicha ilmiy ishlar toʻplamlarida kamida ikkita tezisga ega boʻlish;

10-bandi uchinchi xatboshisida fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin boʻlgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yoʻnalishlar boʻyicha ilmiy ishlar toʻplamlarida kamida ikkita tezisga ega boʻlish lozim.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qarorining 2-ilovasi 4 bob 41-bandiga koʻra mustaqil izlanuvchilikka talabgor quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasasiga Yagona elektron tizim orqali murojaat qiladi:

qisqacha biografik ma’lumotnoma;

falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun magistrlik yoki klinik ordinatura (tibbiyot fanlari uchun) yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturi boʻyicha) toʻgʻrisidagi diplom nusxasi;

mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;

ilmiy ishlar roʻyxati va ularning nusxasi;

fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) diplomi yoki xorijda olingan unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar diplomi nusxasi;

ish joyidan tavsifnoma.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 6 noyabrdagi 696-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qaroriga oʻzgartirish kiritilib, qarorning 2-ilovasi 34-bandida “ikki yillik ilmiy-pedagogik ish staji yoki muayyan ilmiy yutuqlar (ixtiro uchun patentlar yoki mualliflik guvohnomalari) talab etiladi” jumlasi chiqarib tashlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 6 noyabrdagi 696-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qaroriga oʻzgartirish kiritilib, qarorning 2-ilovasi 34-bandida “ikki yillik ilmiy-pedagogik ish staji yoki muayyan ilmiy yutuqlar (ixtiro uchun patentlar yoki mualliflik guvohnomalari) talab etiladi” jumlasi chiqarib tashlandi. tamom boʻlishidan oldin himoya qilganlarga, shuningdek ularning ilmiy rahbarlari va konsultantlariga muassasa rahbarining buyrugʻi bilan oʻqish muddatining qolgan davri (muddati) uchun koʻzda tutilgan tegishincha stipendiyaning hamda doktorant bilan olib borilgan ish uchun toʻlovning jami miqdori hajmida tegishli diplom taqdim etilgan kundan boshlab koʻpi bilan 20 kun muddatda bir martalik beriladigan mukofot toʻlanadi.”

Shaxsiy ish yuzasidan faqat ta’til davrida chiqishi mumkin. Oʻqish davrida faqat rasmiy stajirovkaga, konferensiyalarga, ilmiy ish bilan bogʻliq boʻlgan tadbirlarga borishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qarorining 2-ilovasi 3 bob 32 bandida koʻrsatilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar roʻyxatidagi jurnallarda chop etilgan maqolalar.

daraja.ilmiy.uz veb-sayti orqali OTM yoki ilmiy tashkilotga yuborilgandan soʻng boshqa oʻzgartirish kiritib boʻlmaydi. Agar hujjatlaringizda kamchilik boʻlsa, u holda hujjat yuborilgan OTM/ilmiy tashkilot vakili hujjatlarni qaytargandan soʻng, siz oʻzgartirishlarni kiritib qaytadan yuborishingiz mumkin boʻladi.

Talabgor tomonidan chop etilgan tezis va maqolalari kiritiladi.

Albatta.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qarorining 1-ilovasi 3 bob 9 va 10 bandlarida berilgan.

Boʻladi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qarorining 1-ilovasi 3 bob 9-bandida berilgan.

Dissertatsiya mavzusi boʻyicha barcha maqola va tezislarni kiritish tavsiya qilinadi, ammo minimal talablar bajarilishi yetarli.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qarorining 1-ilovasi 3-bob 9-12 bandlarida talabgorlarga qoʻyiladigan talablar keltirilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qarori 2-ilovasi 13-bandi 2-xatboshisiga muvofiq stajyor-tadqiqotchilik kvotalariga talabnomalar boʻyicha OTM va ilmiy tashkilotlar oʻzining yuqori turuvchi vazirlik va idoralar orqali Innovatsion rivojlanish vazirligiga murojaat etishi belgilangan.

Ariza hujjat topshirilayotgan OTM yoki ilmiy tashkilot rahbari nomiga yozilishi lozim.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qaroriga muvofiq Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi daraja.ilmiy.uz. veb-sayti orqali roʻyxatdan oʻtiladi.

Mazkur elektron tizimni ishga tushirilishi oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga oʻqishga hujjat topshiruvchi talabgorlarning vaqtini tejash, ortiqcha ovoragarchilik va byurokratiyaning oldini olish, shaffoflikni ta’minlash, kvota shakllantirish jarayonini tezlashtirish hamda ortiqcha qogʻoz sarflanishiga chek qoʻyish imkonini beradi.

0,5 stavkagacha qoʻshimcha mehnat faoliyati bilan shugʻullanish mumkin.

Onlayn roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotni pochta orqali tasdiqlash talab etilmaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 6 noyabrdagi 696-son qarori 15-bandi 2-xatboshisiga muvofiq stajyor-tadqiqotchilik institutiga qabul qilinganlarga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan Vazirlar Mahkamasining «Ilmiy xodimlar mehnatini yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida» 2009 yil 18 avgustdagi 233-son qaroriga muvofiq stajyor-tadqiqotchi lavozim maoshining bazaviy miqdoriga tenglashtirilgan miqdorda stipendiya toʻlanadi.

Birinchi marta rahbarlik qilayotgan boʻlsa, 1 ta va faoliyatidagi samarali natijasiga qarab maksimum 2 ta PhD ilmiy darajasiga talabgor boʻlgan izlanuvchiga rahbarlik qilishi mumkin.

Yoʻq. Dotsent yoki professor unvonini olgan PhD yoki DSc boʻlsagina rahbar boʻla oladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qarorining 2-ilovasi 3 bob 22-bandiga asosan tayanch doktoranturada oʻqish uchun talabgorlar mutaxassislik va chet tili (ta’limning oldingi darajalarida oʻrganilgan xorijiy til) boʻyicha kirish imtihonlari topshiradilar. Talabgorlarda IELTS (oʻrtacha balli kamida 5,5), TOEFL (RVT) (567 balldan kam boʻlmagan), TOEFL (iBT) (87 balldan kam boʻlmagan), CEFR (V2 darajadan past boʻlmagan) boʻyicha tasdiqlovchi amaldagi xalqaro malaka sertifikatlari mavjud boʻlganda chet tilidan topshiriladigan imtihonlardan ozod etiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qarorining 2-ilovasi 32-bandida tegishli hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturada oʻqish muddati uzoq vaqt kasal boʻlish, homiladorlik va tugʻish ta’tilida boʻlish davriga, shuningdek harbiy yigʻinlarga chaqirilish munosabati bilan uzaytirilishi mumkin.

1 marotaba.

Ishlab chiqarishdan ajralgan holda tegishli ixtisoslik boʻyicha ilmiy va ilmiy-ijodiy izlanishlarni olib borish va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun izlanuvchini tayyorlash shakli hisoblanadi.

Noqonuniy. Oʻrindoshlik asosida 0,5 stavkagacha qoʻshimcha mehnat faoliyati bilan shugʻullanish mumkin.

Yangi kalendar yilining birinchi ish kunidan.

“Doktorant” va “Tayanch doktorant”, degan atama yoʻq, hammasi doktorant deyiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qarorining 1-ilovasi 3-bandida “doktorant — ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasalariga tayanch doktorantura yoki doktoranturaga belgilangan tartibda qabul qilingan shaxs” deb ta’rif berilgan.

Talabgor tanlov asosida qabul qilinadi. U yerda talabgorning bali past ekanligining ahamiyati yoʻq. Eng yuqori ball olgan talabgor oʻqishga qabul qilinishi lozim.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qarorining 2-ilovasi 6 bob 53-bandida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun izlanuvchilar faoliyati samaradorligining monitoringi mezonlari keltirilgan.

Falsafa doktori (PhD)ga yosh chegarasi qoʻyilmagan. Shuningdek, ilmiy faoliyatga tegishli boʻlmagan tashkilot korxonada ishlagan holda mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirilib ilmiy izlanish olib borishi mumkin.

Yoʻq, lekin ilmiy rahbarga nisbatan chora koʻriladi. Keyingi yillarda mazkur tashkilotga doktoranturaga kvota berish davomida salbiy qaror qabul qilishga asos boʻladi.