R A Q A M L I
T A L I M

Ilmiy faoliyat doirasida uchraydigan atamalar


Ilmiy kengash

Muayyan fan tarmog‘ining (tarmoqlarining) tegishli ixtisosliklari yo‘nalishida talabgorlar uchun ko‘zda tutilgan attestatsiya tadbirlarini amalga oshirishni tashkil etish yuzasidan Oliy attestatsiya komissiyasi qarori bilan yetakchi ilmiy yoki taʼlim tashkiloti huzurida muayyan muddat davomida jamoatchilik asosida faoliyat ko‘rsatish uchun tuzilgan ilmiy-tashkiliy tuzilma

Izlanuvchi

Falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun doktorlik dissertatsiyasini tayyorlayotgan shaxs

Talabgor

Dissertatsiyasi himoya uchun Ilmiy kengashga qabul qilingan va attestatsiya ishi ko‘rilish jarayonida bo‘lgan shaxs

Attestatsiya ishi

Talabgorning ilmiy darajasini tasdiqlash yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar to‘plami

Dissertatsiya

Muallif tomonidan shaxsan olib borilgan, tadqiqot mohiyati tegishli talablarga javob bergan, tugallangan va mazmunan yaxlit ilmiy ish sifatida ilmiy yangiligi va amaliy natijalari tizimli ravishda asoslab berilgan qo‘lyozma huquqiga ega bo‘lgan ilmiy asar

Dissertatsiya avtoreferati

Dissertatsiya tadqiqoti yuzasidan umumiy maʼlumotlar keltirilib, ishning ilmiy yangiligi va amaliy natijalari tizimli ravishda umumlashtirilgan holda qisqacha bayon qilingan hamda nashr etilgan ishlar yuzasidan maʼlumotlar berilgan va belgilangan talablar asosida rasmiylashtirilgan qo‘lyozma huquqiga ega bo‘lgan ilmiy asar

Dissertatsiya bajarilgan muassasa

Ilmiy yoki taʼlim tashkiloti kengashi qarori bilan dissertatsiya mavzusi bo‘yicha tadqiqot olib borish uchun masʼul muassasa sifatida tasdiqlangan muassasa

Ekspertiza

Hujjatlarning mohiyati va amalga oshirilgan attestatsiya tadbirlarining tegishli qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqligini ilmiy va meʼyoriy-texnik jihatdan baholash

Ilmiy daraja beruvchi bir martalik ilmiy kengash

Faqat bitta falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasini tashkil qilish uchun Oliy attestatsiya komissiyasi qarori bilan tuzilgan vaqtinchalik ilmiy-tashkiliy tuzilma

Ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar

Dissertatsiyani yakuniy dastlabki ekspertizadan o‘tkazadigan seminar