Sanlı tálimniń túsindirme sózligi
- Virtual auditoriya
Ta'lim ishtirokchilarining bir-biridan uzoqda joylashgan ish joylarini telekommunikatsiya va tarmoq kompyuter texnologiyalari yordamida birlashtirgan hamda o‘quv materiallarini o‘rganish jarayonida o‘zaro muloqot qilish imkonini beruvchi muhitdir.
- Virtual laboratoriya
Oʻrganilayotgan obyektlar, jarayonlar va hodisalarning turli xususiyatlarini oʻrganishni modellashtirishga imkon beradigan amaliy topshiriqlar va mashqlarni oʻz ichiga olgan dasturiy taʼminot (platforma, ilova va boshqalar)
- Virtual reallik (virtual reality (VR))
Foydalanuvchini ekran ortidagi tasavvur qilinadigan olamga shoʻngʻituvchi vizual va tovushli effektlarni taʼminlaydigan texnologiya.