Sanlı tálimniń túsindirme sózligi
- 3D texnologiyalar
Uch oʻlchamli tasvir, video kontent hosil qiluvchi yoki hajmdor buyumlarni chop etuvchi texnologiya
- 3D xaritalash (3D mapping)
Fazoviy toʻldirilgan reallik sifatida ham tanilgan boʻlib, uch oʻlchamli tuzilmalar illyuziyasini yaratish uchun raqamli tarkibni jismoniy obyektlarni loyihalash uchun ishlatiladigan texnologik usul hisoblanadi
- Animatsiya
Dinamik va ovozli jarayonlarni ifodalashga imkoniyat beradigan grafik axborotlarni tashkil etish usuli.
- Aralash reallik
Virtual reallik (VR) va toʻldirilgan reallik (AR) elementlarini birlashtirgan texnologiya boʻlib, foydalanuvchi bir vaqtning oʻzida haqiqiy va raqamli obyektlar bilan oʻzaro aloqada boʻlishi mumkin
- Aralash taʼlim
Onlayn va oflayn taʼlim shakllarini oʻzaro uygʻunlashtirish asosida tashkil etiladigan taʼlim jarayoni
- Asinxron ta’lim
Masofaviy shaklda taʼlim xizmatlarini koʻrsatish jarayoni, ishtirokchilarining Internet jahon axborot tarmogʻida bir xil boʻlmagan vaqtlardagi oʻzaro aloqa rejimi
- Audiovizual texnologiyalar
Audiovizual maʼlumotlarni toʻplash, saqlash, qayta ishlash va uzatishni taʼminlaydigan usullar, audiovizual vositalar toʻplami
- Avtomatlashtirilgan imtihon tizimi
Taʼlim oluvchilarning inson ishtirokisiz bilimini baholash uchun moʻljallangan kompyuter jamlanmasi, markaziy boshqaruv pulti va maxsus uskunalar bilan jihozlangan integratsiyalashgan dasturiy taʼminot.
- Avtoproktoring
Imtihon jarayonida talabaning shaxsini avtomatik ravishda autentifikatsiyalash, uning xatti-harakatlari va nigohi yoʻnalishini nazorat qilish, xonadagi tovushlarni tahlil qilish, videodagi buzilishlarni tuzatish va hisobotlar tayyorlashga yoʻnaltirilgan dasturiy tizim.
- Axborot tizimi
Axborotni toʻplash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari