Portal test rejiminde islep tur!

Sanlı tálimniń túsindirme sózligi

Fanning elektron oʻquv-metodik majmuasi (EOʻMM)

Davlat taʼlim standarti va fan dasturida belgilangan talablar tomonidan egallanishi lozim boʻlgan bilim, koʻnikma, malaka va kompetensiyalarni shakllantirishni, oʻquv jarayonini kompleks loyihalash asosida kafolatlangan natijalarni olishni, mustaqil bilim olish va oʻrganishni hamda nazoratni amalga oshirishni taʼminlaydigan, taʼlim oluvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan oʻquv-uslubiy manbalar, didaktik vositalar va materiallar, elektron taʼlim resurslari, oʻqitish texnologiyasi, baholash metodlari va mezonlarini oʻz ichiga oladi.

Geymifikatsiya (Gamification)

Taʼlim oluvchilarni oʻyin elementlaridan foydalangan holda taʼlim maqsadlariga erishishning interfaol usuli

Giperhavola

Veb-sahifadagi aktiv (rang bilan ajratilgan) matn, tasvir yoki tugmacha, ularni chertish (giperhavolani aktivlashtirish) bilan boshqa sahifaga yoki joriy sahifaning boshqa qismiga oʻtiladi

Gipermatn

Matnni kompyuter, planshet va smartfonlarda ifodalash shakli boʻlib, unda ajratilgan tushunchalar, obyektlar (kalit soʻzlar, tayanch iboralar va boshqalar) va boʻlimlar (boblar, paragraflar) orasidagi bogʻlanishlar taʼminlanadi

Gologramma

Obyektdan aks ettirilgan yorugʻlikning uch oʻlchamli tasviri

Ilmiy elektron oʻquv adabiyoti

Nazariy va (yoki) eksperimental tadqiqotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga ega elektron oʻquv adabiyoti, shuningdek, nashr etishga ilmiy jihatdan tayyorlangan madaniyat yodgorliklari va tarixiy hujjatlar.

Ilmiy elektron oʻquv adabiyoti

Nazariy va (yoki) eksperimental tadqiqotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga ega elektron oʻquv adabiyoti, shuningdek, nashr etishga ilmiy jihatdan tayyorlangan madaniyat yodgorliklari va tarixiy hujjatlar.

Ilmiy-ommabop elektron oʻquv adabiyoti

Mutaxassis boʻlmagan taʼlim oluvchiga tushunarli shaklda bayon qilingan, fan, madaniyat va texnika sohasidagi nazariy va (yoki) eksperimental tadqiqotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga ega elektron oʻquv adabiyoti.

IMS (Instructional Management System)

Taʼlim jarayonini tashkil etish, yaʼni taʼlim beruvchilar tomonidan onlayn kurslarni tez va oson yaratish, tashkil etish va boshqarish imkonini beruvchi standart.

Innovatsion pedagogik texnologiyalar

Ta’lim-tarbiya jarayonida ta'lim oluvchilarga muayyan fan yoki mavzu bo‘yicha bilim berish va ularning shaxsini shakllantirishga yo‘naltirilgan zamonaviy o‘qitish uslublari va texnik vositalar majmuidir.