Sanlı tálimniń túsindirme sózligi
- Tovushli elektron oʻquv adabiyoti
Tovushli axborotni faqat zarur texnik va dasturiy taʼminot mavjud boʻlganda, lekin bosma holida qayta tiklash uchun moʻljallanmagandagina uni eshitishga yo‘l qoʻyadigan shaklda raqamli taqdim etilishiga ega boʻlgan elektron oʻquv adabiyoti.
- Virtual auditoriya
Ta'lim ishtirokchilarining bir-biridan uzoqda joylashgan ish joylarini telekommunikatsiya va tarmoq kompyuter texnologiyalari yordamida birlashtirgan hamda o‘quv materiallarini o‘rganish jarayonida o‘zaro muloqot qilish imkonini beruvchi muhitdir.
- Virtual laboratoriya
Oʻrganilayotgan obyektlar, jarayonlar va hodisalarning turli xususiyatlarini oʻrganishni modellashtirishga imkon beradigan amaliy topshiriqlar va mashqlarni oʻz ichiga olgan dasturiy taʼminot (platforma, ilova va boshqalar)
- Virtual reallik (virtual reality (VR))
Foydalanuvchini ekran ortidagi tasavvur qilinadigan olamga shoʻngʻituvchi vizual va tovushli effektlarni taʼminlaydigan texnologiya.
- xAPI (Tin Can API)
Taʼlimni boshqarish tizimlarida taʼlim jarayonlari toʻgʻrisida maʼlumotlarni toʻplashga va ularni tahlil qilishga moʻljallangan standart.