Portal test rejiminde islep tur!

Sanlı tálimniń túsindirme sózligi

Pedagogik dasturiy vositalar

AKTdan foydalanishga asoslangan, taʼlim jarayonini boshqarish bilan bir qatorda oʻqitishni samarali tashkil etishga moʻljallangan didaktik vositalar hisoblanadi.

Produksion qoida

Masofaviy shaklda taʼlim xizmatlarini koʻrsatishda taʼlim oluvchi (tinglovchi)larning oʻzlashtirish darajasini aniqlash va baholash maqsadida qoʻllaniladigan, shartli konstruksiya koʻrinishidagi formallashtirilgan nazorat-natijaviy qoidalar yoki algoritmlar majmuasi

Raqamli taʼlim (digital learning)

Anʼanaviy taʼlimning raqamlashtirilgan shakli boʻlib, mazkur taʼlim shaklida axborot-kommunikatsiya vositalari yordamida raqamli taʼlim resurslaridan foydalangan holda taʼlim olishga yoʻnaltirilgan jarayon.

Raqamli taʼlim resursi

Elektron-raqamli shaklda taqdim etilgan va tuzilishi, mavzu mazmuni va ular haqidagi metamaʼlumotlarni oʻz ichiga olgan taʼlim resursi. Ushbu resurs oʻquv jarayonida foydalanish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar va dasturiy taʼminotni oʻz ichiga olishi mumkin. Raqamli taʼlim resurslari - elektron resurslarning bir koʻrinishi boʻlib, unda maʼlumotlar gipermatn yoki raqamli kodlardan tashkil topganligi tushuniladi.

Rasmiy elektron oʻquv adabiyoti

Taʼlim muassasalari yoki jamoat tashkilotlari nomidan chop etiluvchi, tegishli taʼlim turlari uchun vakolatli Kengashlar tomonidan oʻquv adabiyotiga berilgan guvohnoma asosida nashr etilgan elektron oʻquv adabiyoti

Rasmiy elektron oʻquv adabiyoti

Taʼlim muassasalari yoki jamoat tashkilotlari nomidan chop etiluvchi, tegishli taʼlim turlari uchun vakolatli Kengashlar tomonidan oʻquv adabiyotiga berilgan guvohnoma asosida nashr etilgan elektron oʻquv adabiyoti.

SAMR (Substitution, Augmentation, Modification, Redefinition) modeli

Biror bir fanni AKT orqali oʻqitishda qanday taʼsir etish bosqichlarini tavsiflashda ishlatiladi.

SCORM (Sharable Content Object Reference Model)

Oʻquv kontentini boshqa taʼlimni boshqarish tizimlariga eksport va import qilishga moʻljallangan standartlar to‘plami. SCORM o‘quv materiallarini modul tarzda yaratishga imkon beradi, bu esa o‘qitish jarayonini samarali boshqarish va turli ta’lim platformalarida ular orasida moslikni ta’minlashga yordam beradi.

Sinxron rejim

Masofaviy shaklda taʼlim xizmatlarini koʻrsatish jarayonida, ishtirokchilarining Internet jahon axborot tarmogʻi orqali real vaqt rejimida oʻzaro muloqot qilish usuli.

Sunʼiy intellekt (artificial intelligence (AI))

Funksional blokning, fikr-mulohaza, oʻqish-oʻrganish kabi odam intellekti bilan assotsiatsiyalanadigan funksiyalarni bajara olish qobiliyatiga ega boʻlgan texnologiya.