Sanlı tálimniń túsindirme sózligi
- Ishlab chiqarish-amaliy elektron oʻquv adabiyoti
Ishlab chiqarish texnologiyasi, texnikasi va uni tashkil etish boʻyicha, shuningdek, turli malakadagi mutaxassislarga moʻljallangan ijtimoiy amaliyotning boshqa sohalari boʻyicha maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan elektron oʻquv adabiyoti.
- Konkursni boshqarish tizimi (Contest Management System)
Dasturlash boʻyicha oʻtkaziladigan tanlov yoki olimpiadalarda ishtirokchilar tomonidan bajarilgan topshiriqlarni avtomatik tarzda baholash imkonini beruvchi onlayn platforma.
- Masofaviy taʼlim
Taʼlim oluvchi va beruvchining AKTdan foydalanishiga, interaktiv audio va videokonferensiyalar orqali maʼlum vaqt orasida oʻzaro muloqotda boʻlishiga, elektron pochta orqali toʻgʻri va teskari aloqa oʻrnatishiga, jumladan xabarlarni yuborishi va qabul qilishiga moʻljallangan, bilim va koʻnikmalarni, oʻquv dasturlarini masofadan turib oʻzlashtirishga yoʻnaltirilgan taʼlim shakli.
- Matnli (belgili) elektron oʻquv adabiyoti
Belgilari boʻyicha ishlov berishga yo‘l beruvchi shaklda taqdim etilgan, asosan matnli axborotdan iborat boʻlgan elektron oʻquv adabiyoti.
- Matnli (belgili) elektron oʻquv adabiyoti
Belgilari boʻyicha ishlov berishga yo‘l beruvchi shaklda taqdim etilgan, asosan matnli axborotdan iborat boʻlgan elektron oʻquv adabiyoti.
- Maʼlumotnoma elektron oʻquv adabiyoti
Elektron nashrlarni tez topish uchun qulay boʻlgan tartibda joylashtirilgan, boshdan-oyoq oʻqish uchun moʻljallanmagan ilmiy va amaliy xususiyatli qisqa maʼlumotlarga ega elektron nashr.
- Mediataʼlim
Pedagogika nazariyasi va amaliyotida maxsus bilim sohasi sifatida qaralayotgan ommaviy kommunikatsiya vositalarini egallash uchun nazariy va amaliy koʻnikmalarini shakllantirish tushuniladi.
- Metamaʼlumotlar
Maʼlumotlar tarkibi, mazmuni, statusi, kelib chiqishi, joylashishi, sifati, chiqarish formatlari va shakllari, olish shartlari, sotib olish va foydalanish, maʼlumotlarga boʻlgan mualliflik, mulk va ular bilan chegaradosh huquqlar va boshqa tavsifnomalar toʻgʻrisidagi axborotga ega kataloglar, maʼlumotnomalar va reyestrlar tushuniladi.
- Mobil taʼlim (mobile learning; m-learning)
Mobil qurilmalardan foydalanish asosida taʼlim oluvchining joylashuvi yoki joylashuvining oʻzgarishi bilan cheklanmagan holda tashkil etiladigan taʼlim jarayoni
- Mualliflik vositalari (Authoring tools)
Foydalanuvchiga multimedia resurslaridan foydalangan holda taʼlim kontenti, oʻquv darsliklar va boshqa materiallarni yaratish imkoniyatini beradigan dasturlar.