Portal test rejiminde islep tur!

Sanlı tálimniń túsindirme sózligi

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)

Shaxsiy, ommaviy va ishlab chiqarish kommunikatsiyasida axborotni tayyorlash, qayta ishlash hamda yetkazib berish bilan bogʻliq boʻlgan obyektlar, ishlar, qoidalar kompleksi, shuningdek, jamlangan holda sanab oʻtilgan jarayonlarni taʼminlaydigan barcha texnologiyalar va tarmoqlar. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari — axborotni yaratish, uzatish, qayta ishlash va boshqarish bilan bogʻliq texnologiyalar.

Badiiy elektron nashr

Badiiy adabiyot, tasviriy sanʼat, teatr, estrada va sirk ijodiyoti asarlari, kino asarlari, muzey va madaniyat sohasiga taalluqli va ilmiy tadqiqotlarning mazmunidan iborat boʻlmagan boshqa axborotdan iborat elektron nashr.

Bosma oʻquv adabiyotining elektron oʻxshashi

Mos bosma oʻquv adabiyotini asosan qayta tiklovchi elektron oʻquv adabiyoti (sahifalarda matnning joylashishi, rasmlar, havolalar, eslatmalar va h.k.)

Bosma oʻquv adabiyotining elektron oʻxshashi

Mos bosma oʻquv adabiyotini asosan qayta tiklovchi elektron oʻquv adabiyoti (sahifalarda matnning joylashishi, rasmlar, havolalar, eslatmalar va h.k.).

Brauzer (browser)

Foydalanuvchiga gipermatnni olish va oʻqish, gipermatnli uzellar (veb-sahifalar) mazmunini koʻrish, bitta veb-sahifadan boshqa veb-sahifaga oʻtish, shuningdek kontent bilan oʻzaro ishlash, aks ettirilayotgan kontentning tashqi koʻrinishini oʻzgartirish imkonini beradigan ilova

Bulutli saqlash

maʼlumotlar, asosan uchinchi tomon tarafidan mijozlarga foydalanish uchun taqdim etiladigan tarmoqda taqsimlangan koʻp sonli serverlarda saqlanadigan onlayn-saqlash joyining modeli

Bulutli texnologiyalar

Raqamli maʼlumotlarni taqsimlangan qayta ishlash texnologiyalari boʻlib, ular yordamida kompyuter resurslari internet foydalanuvchisiga onlayn xizmat sifatida taqdim etiladi

Didaktik vositalar

O‘quv fanini o‘zlashtirish samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi pedagogik vositalar.

Elektron darslik

AKTga asoslangan DTS, malaka talablari, uslubiyati va didaktik talablari asosida, milliy gʻoya va maʼnaviy qadriyatlarimiz singdirilgan, muayyan oʻquv fanining mavzulari toʻliq yoritilgan, tegishli bilimlarni mukammal oʻzlashtirilishiga qaratilgan elektron material.

Elektron dayjest

Ilmiy, ilmiy-uslubiy, oʻquv, davriy adabiyotlar, hukumat va turli tashkilotlar faoliyatiga tegishli qonunlar, farmonlar, qarorlar hamda boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlar mazmunining qisqacha bayoni va sharhi keltirilgan, sohalarga oid maʼlumotlar toʻplami sifatida foydalaniladigan raqamli resurs.