Page 8 - Demo
P. 8
8MEDIASAVODXONLIK bo%u2018yicha metodik qo%u2018llanmaKIRISHBugungi kunda jamiyat turli axborot vositalari orqali keng ko%u2018lamli axborot manbaiga duch keladi va har kuni minglab yangiliklar, postlar, videolar, xabarlar uzatiladi. Bunday sharoitda insonning axborotni to%u2018g%u2018ri qabul qilishi, uni to%u2018g%u2018ri talqin qilishi va undan oqilona foydalanishi hayotiy zaruratga aylanmoqda. Axborot texnologiyalari rivojlanishi bilan dunyoda ma%u2019lumotlar oqimi tobora kengayib bormoqda. Barcha axborot manbalari %u2013 ijtimoiy tarmoqlar, yangilik saytlari, bloglar va boshqa raqamli platformalar foydalanuvchilarga bevosita ta%u2019sir ko%u2018rsatadi. Ammo bu axborotlarning barchasi to%u2018g%u2018ri va haqqoniy emas. Ba%u2019zan dezinformatsiya, propaganda yoki noto%u2018g%u2018ri axborotlar foydalanuvchilarni chalg%u2018itadi, noto%u2018g%u2018ri qarorlar qabul qilishga olib keladi va jamiyatdagi turli salbiy jarayonlarni kuchaytiradi. Ayni shunday jarayonlarda aholining turli tahdidlar va yolg%u2018on axborotlardan himoya qilish uchun mediasavodxonlik eng muhim vositalardan biriga aylanadi. Xo%u2018sh, mediasavodxonlik bu nima? Mediasavodxonlik %u2013 bu axborotni tanqidiy qabul qilish va tahlil qilish qobiliyatini rivojlantiruvchi zamonaviy ko%u2018nikma bo%u2018lib, turli media vositalarida tarqatilayotgan ma%u2019lumotlarning mazmuni, manbalari, maqsadlari va ta%u2019sirini anglash imkonini beradi. Mediasavodxonlik shaxsning faqatgina axborot iste%u2019molchisi bo%u2018lib qolmasdan, o%u2018zaro muloqotda axborotni to%u2018g%u2018ri va samarali uzata olishi, noto%u2018g%u2018ri ma%u2019lumot va dezinformatsiyadan himoyalanishi, media vositalarini to%u2018g%u2018ri boshqarishi uchun muhimdir. Bu insonlarga nafaqat mavjud axborotni tahlil qilish, balki yangiliklar va hodisalarni tanqidiy nazar bilan baholash, ommaviy axborot vositalarida paydo bo%u2018layotgan fikrlarga nisbatan mustaqil qarash shakllantirish imkoniyatini beradi.Ayni shu imkoniyatlar bugungi kunda mediasavodxonlikning ahamiyati tobora oshib borayotganligini ham ko%u2018rsatadi. Bu, shuningdek, jamoatchilikka axborotning qanchalik to%u2018g%u2018ri ekanini aniqlash va unga tanqidiy yondashishga ham ko%u2018maklashadi. Mediasavodxon shaxs o%u2018ziga yetib kelgan ma%u2019lumotni chuqur tahlil qilib, uning maqsadi, manbasi, kim tomonidan va nima uchun tarqatilganini tushunadi. Bu esa, o%u2018z navbatida, insonning o%u2018z fikrini shakllantirishda xolislikni saqlashga yordam beradi.

