R A Q A M L I
T A L I M
TRM

PIRLS / Videolar

PIRLS xalqaro baholash dasturi bo'yicha videorolik


Taʼlimdagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan o‘tkaziladigan PIRLS (Progress is International Reading Literacy Study) toʻrtinchi sinfda oʻqish yutuqlarini monitoring qilishga qaratilgan xalqaro tadqiqot hisoblanadi. 

Ushbu tadqiqot orqali boshlang'ich ta'lim sifatini xalqaro darajada solishtirish, oʻquvchilarning oʻqish savodxonligi boʻyicha natijalarini taqqoslash, ota-onalar va o'qituvchilarning roli, farzandlarning taʼlim olishlari uchun maktab va uydagi sharoitlar boʻyicha atroflicha ilmiy asoslangan va ishonchli maʼlumot olish mumkin.

PIRLS–2021 mazkur tadqiqotlarning 5-sikli boʻlib, oʻqish yutuqlari boʻyicha 20 yillik trend maʼlumotlarini taqdim etadi. PIRLS–2021 da 57 mamlakat ishtirok etdi. 

Ikki yil davomida o‘tkazilgan tadqiqotlarda taxminan 400 000 nafar o‘quvchilarning ta’limdagi ko‘rsatkichlari baholandi. 

Eslatib o‘tamiz, 2021-yilda Oʻzbekiston ilk marotaba 4-sinf oʻquvchilarining matnni oʻqib tushunish darajasini baholash boʻyicha xalqaro PIRLS tadqiqotlarida ishtirok etgan edi.