Dissertatsiya himoyasi
Tadqiqot natijalarining ilmiy yangiligi, xulosalari, tavsiyalarining to‘g‘riligi va asoslanganligi, dissertatsiyaning nazariy va amaliy ahamiyati, talabgorning fanga qo‘shgan hissasi bo‘yicha Ilmiy kengashda ilmiy jamoatchilik oldida o‘tkaziladigan muhokama
Ilmiy rahbar
Ilmiy izlanishlar olib borayotgan izlanuvchiga ilmiy va o‘quv-metodik yordam ko‘rsatish maqsadida belgilangan tartibda tayinlangan, faol tarzda ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib boruvchi fan doktori, shuningdek ilmiy unvonga ega bo‘lgan fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD)
Ilmiy maslahatchi
Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy izlanishlar olib borayotgan izlanuvchiga ilmiy va o‘quv-metodik yordam ko‘rsatish maqsadida belgilangan tartibda tayinlangan, faol tarzda ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib boruvchi fan doktori
Jamoaviy taqriz
Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan yuborilgan dissertatsiyani ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan Ilmiy kengashning qo‘shimcha xulosasi
Hisob komissiyasi
Ilmiy kengash majlisida Ilmiy kengash aʼzolari tomonidan talabgorga ilmiy daraja berish bo‘yicha yopiq ovoz berish asosida munosabat bildirish jarayonini tashkil etish yuzasidan mazkur Ilmiy kengash qarori bilan tuzilgan vaqtinchalik ishchi guruh
Apellyatsiya
Ilmiy darajalar berish yoki ularni berishni rad qilish yoxud ilmiy darajadan mahrum etish yoki uni tiklash to‘g‘risidagi qarorlar yuzasidan berilgan murojaat
Ilmiy unvon
Professor, dotsent va katta ilmiy xodim ilmiy maqomi
Ilmiy ish staji
Shaxsning mehnat shartnomasi (kontrakt) asosida ilmiy xodim lavozimlarida ishlagan hamda tayanch doktorantura va doktoranturada o‘qigan muddati
Pedagogik ish staji
Shaxsning mehnat shartnomasi (kontrakt) asosida oliy taʼlim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash taʼlim muassasalarida pedagog lavozimlarida ishlagan muddati
O‘quv adabiyoti
Muayyan taʼlim turi, yo‘nalishi yoki mutaxassisligining o‘quv rejasida belgilangan fanlar bo‘yicha tegishli o‘quv dasturlari asosida zarur bilimlar majmuasi keltirilgan, o‘zlashtirish uslublari yoritilgan (jumladan, xorijiy tarjimalari) manba