Oqıw-metodikalıq iskerlikke tiyisli atamalar sózligi
- Maktabgacha taʼlim va tarbiyaning davlat taʼlim dasturi
bola tomonidan oʻzlashtirilishi lozim boʻlgan asosiy bilim, mahorat va koʻnikmalarning hajmini hamda mazmunini belgilovchi, shuningdek taʼlim va tarbiya mazmunining oʻziga xosligini, taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etishning oʻziga xos xususiyatlarini tavsiflovchi hujjat
- Maktabgacha taʼlim va tarbiya davlat standarti
maktabgacha taʼlim-tarbiya jarayonining hajmiga, mazmuniga va sifatiga, taʼlim muassasalarini qurish va jihozlashga, shuningdek maktabgacha yoshdagi bolalarning sogʻlom ovqatlanishini va xavfsizligini taʼminlash boʻyicha majburiy talablar majmui.
- Mashgʻulot rejasi
maʼlum dars yoki seminarni oʻtkazish uchun ishlab chiqilgan maqsad, vazifa va tashkilot rejasi. U qoʻyilgan maqsadlar va vazifalarni amalga oshirishga yordam beradi
- Mashq daftari
darslikning tarkibiy qismi hisoblanadigan, davlat taʼlim standartlari/davlat taʼlim talablariga muvofiq oʻquvchilar tomonidan egallangan bilim va koʻnikmalarni mustahkamlash hamda oʻquv fanining mavzulariga mos ravishda ishlab chiqilgan, mantiq va tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan (krossvordlar, boshqotirmalar, mantiqiy fikrlashga undovchi topshiriqlar va hokazo) topshiriqlardan iborat boʻlgan didaktik vosita
- Mashqlar (masalalar) toʻplami
muayyan fanning mavzulari boʻyicha amaliy mashqlar, masalalar, shuningdek taʼriflash, ifodalash, shakllantirish, hisoblash, ishlab chiqish boʻyicha misollar keltirilgan, mavzularga oid meʼyoriy, uslubiy, sonli va tayanch maʼlumotlar bilan toʻldirilgan, oʻquvchi va talabalarda amaliy koʻnikmalarni shakllantirishga qaratilgan, taʼlim muassasalarining kengashi (pedagogika kengashi) tavsiyasi asosida chop etiladigan nashr.
- Maʼlumotlar toʻplami
foydalanishga qulay shaklda yaratilgan, muayyan fanni yoki taʼlim yoʻnalishini oʻzlashtirish uchun zarur boʻlgan, isbot talab qilmaydigan maʼlumotlar, ilmiy koʻrsatkich va oʻlchamlar, turli belgi va raqamlardan, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ishlab chiqarish, texnika, madaniy va boshqa sohalardagi qisqa ilmiy, amaliy, maʼlumotlardan tashkil topgan, taʼlim muassasalarining kengashi (pedagogika kengashi) tavsiyasi asosida chop etiladigan nashr
- Maʼruzalar kursi
fanning oʻquv dasturi boʻyicha maʼruzalar kursining nomi tegishli fan nomi bilan atalgan, undagi barcha mavzularning asosiy mazmuni qisqa yoritilgan, birlamchi yangi bilimlarni olishga qaratilgan, foydalaniladigan asosiy va qoʻshimcha oʻquv adabiyotlari koʻrsatilgan, oʻzini oʻzi nazorat qilishga oid savollar turkumi, mavzuga tegishli tayanch atama va iboralar keltirilgan, taʼlim muassasalarining kengashi (pedagogika kengashi) tavsiyasi asosida chop etiladigan nashr
- Maʼruzalar toʻplami
muayyan fanning oʻquv dasturi boʻyicha undagi ayrim mavzularning asosiy mazmuni qisqa yoritilgan, birlamchi yangi bilimlarni olishga qaratilgan, foydalaniladigan asosiy va qoʻshimcha oʻquv adabiyotlari koʻrsatilgan, oʻzini oʻzi nazorat qilishga oid savollar turkumi, mavzuga tegishli tayanch atama va iboralar keltirilgan, ilmiy-tadqiqot izlanishlari asosida muntazam yangilanib turiladigan, taʼlim muassasalarining kengashi (pedagogika kengashi) tavsiyasi asosida chop etiladigan kichik adadli nashr
- Metodik qoʻllanma
oʻqituvchi yoki mutaxassislar uchun darsni rejalashtirish, oʻtkazish va baholash usullarini bayon etuvchi amaliy tavsiyalar toʻplami
- Metodik tavsiyalar
oʻqituvchilar uchun taʼlim jarayonini samarali tashkil etish maqsadida tayyorlangan yoʻriqnomalar va tavsiyalar majmuasi.