Portal test rejiminde islep tur!

Oqıw-metodikalıq iskerlikke tiyisli atamalar sózligi

Amaliy mashgʻulotlar daftari

darslikka qoʻshimcha manba boʻlib, oʻquvchilarga amaliy mashgʻulotlar bilan shugʻullanish, masalalar yechish, tajribalar oʻtkazish va ilmiy mavzularga oid topshiriqlarni bajarish imkonini beradi. U ilmiy tamoyillar haqidagi tushunchalarni mustahkamlash, tanqidiy fikrlash va muammolarni yechish koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan didaktik vosita hisoblanadi.

Darslik

davlat taʼlim standartlariga muvofiq oʻquv dasturi asosida didaktik, metodik, pedagogik-psixologik, estetik va gigiyenik talablarga javob beradigan, oʻquv fanining mavzulari toʻliq yoritilgan, uning asoslari mukammal oʻzlashtirilishiga qaratilgan, oʻquv fanining maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda oʻquvchilarning yoshi va psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladigan, nazariy maʼlumotlardan tashqari amaliy-tajriba va sinov mashqlarini qamrab olgan kitob shaklidagi oʻquv nashri

Darsliklarning multimediali ilovalari

axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida oʻquv faniga oid materiallarni davlat taʼlim standarti va oʻquv dasturiga mos ravishda yorita oladigan, oʻquv fanini samarali oʻzlashtirishga, oʻquvchilarning mustaqil taʼlim olishiga koʻmaklashuvchi hamda video, ovoz, animatsiya, jadval, matn va lugʻatlarni oʻz ichiga olgan, bilimlarni nazoratdan oʻtkazish va mustahkamlashga yoʻnaltirilgan, oʻquv fanining asosiy mazmunini boyitadigan qoʻshimcha materialga ega boʻlgan yoki shu kabi manbalarga murojaatlarni oʻz ichiga olgan interfaol elektron axborot-taʼlim resursi

Davlat taʼlim standarti

Davlat tomonidan taʼlimning mazmuni va sifatiga nisbatan belgilanadigan talablar (minimal) majmui

Davlat taʼlim talabi

taʼlimning tuzilmasiga, mazmuniga va uni amalga oshirish shart-sharoitlariga, shuningdek taʼlim oluvchilarning jismoniy,  shaxsiy, intellektual, ilmiy hamda kasbiy sifatlariga qoʻyiladigan majburiy talablar

Daydjest

ilmiy, oʻquv yoki normativ-huquqiy manbalarning mazmunini qisqacha bayon etadigan, sohalar boʻyicha yangiliklar va tahliliy maʼlumotlar toʻplamini oʻz ichiga olgan nashr

Didaktik qoʻllanma

oʻquv jarayonida bilimlarni mustahkamlash va koʻnikmalarni rivojlantirish uchun ishlatiladigan mashqlar, testlar, misollar va topshiriqlarni oʻz ichiga olgan metodik vosita

Differensial taʼlim

oʻquvchilarning individual oʻquvchilarning individual qobiliyat va ehtiyojlarini hisobga olgan holda taʼlim berish usuli

Elektron oʻquv adabiyotlari

zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalari asosida yaratilgan, maʼlumotlarni jamlash, saqlash va interfaol usulda taqdim etish hamda bilimlarni tahlil va nazorat qilish imkonini beruvchi elektron majmua

Ensiklopedik nashr

muayyan fan sohasi, ilm yoʻnalishi yoki umumiy bilim sohalari boʻyicha tizimli ravishda tuzilgan, izohli va ilmiy-axborot xarakteridagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan keng qamrovli nashr turidir.