Portal test rejimida işlamoqda!

Öquv-metodik faoliyatga oid atamalar luğati

Illyustratsiyali nashr

bu taʼlimiy, ilmiy yoki badiiy mazmundagi kitob, qoʻllanma yoki xrestomatiya boʻlib, unda matn vizual materiallar — rasmlar, sxemalar, fotosuratlar, diagrammalar, xaritalar yoki reproduksiyalar bilan boyitilgan holda taqdim etiladi.

Interaktiv oʻquv materiallari

taʼlim jarayonini samarali qilish uchun multimedia, kompyuter dasturlari va internet resurslari yordamida yaratilgan materiallar

Kurrikulum (Curriculum)

taʼlim maqsadlari, mazmuni, tuzilishi, baholash usullari hamda oʻquv natijalarini belgilaydigan kompleks hujjat. U taʼlim dasturi va rejasining metodologik asosini tashkil etadi.

Lugʻat

aniq bir tartibda joylashgan soʻzlar (yoki soʻz birikmasi va hokazo) toʻplami, ularning mazmuni, ishlatilishi, kelib chiqishi, boshqa tildagi tarjimasi toʻgʻrisida maʼlumot beruvchi yoki soʻzning tushunchasi, u bilan belgilanuvchi predmetlar haqida axborot beruvchi, taʼlim muassasalarining kengashi (pedagogika kengashi) tavsiyasi asosida chop etilgan nashr

Maktabgacha taʼlim va tarbiyaning davlat taʼlim dasturi

bola tomonidan oʻzlashtirilishi lozim  boʻlgan asosiy bilim, mahorat va  koʻnikmalarning hajmini hamda mazmunini  belgilovchi, shuningdek taʼlim va tarbiya  mazmunining oʻziga xosligini, taʼlim-tarbiya  jarayonini tashkil etishning oʻziga xos  xususiyatlarini tavsiflovchi hujjat

Maktabgacha taʼlim va tarbiya davlat standarti

maktabgacha taʼlim-tarbiya jarayonining hajmiga,  mazmuniga va sifatiga, taʼlim  muassasalarini qurish va jihozlashga, shuningdek maktabgacha yoshdagi bolalarning sogʻlom  ovqatlanishini va xavfsizligini taʼminlash boʻyicha majburiy talablar majmui.

Mashq daftari

darslikning tarkibiy qismi hisoblanadigan, davlat taʼlim standartlari/davlat taʼlim talablariga muvofiq oʻquvchilar tomonidan egallangan bilim va koʻnikmalarni mustahkamlash hamda oʻquv fanining mavzulariga mos ravishda ishlab chiqilgan, mantiq va tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan (krossvordlar, boshqotirmalar, mantiqiy fikrlashga undovchi topshiriqlar va hokazo) topshiriqlardan iborat boʻlgan didaktik vosita

Mashqlar (masalalar) toʻplami

muayyan fanning mavzulari boʻyicha amaliy mashqlar, masalalar, shuningdek taʼriflash, ifodalash, shakllantirish, hisoblash, ishlab chiqish boʻyicha misollar keltirilgan, mavzularga oid meʼyoriy, uslubiy, sonli va tayanch maʼlumotlar bilan toʻldirilgan, oʻquvchi va talabalarda amaliy koʻnikmalarni shakllantirishga qaratilgan, taʼlim muassasalarining kengashi (pedagogika kengashi) tavsiyasi asosida chop etiladigan nashr.

Mashgʻulot rejasi

maʼlum dars yoki seminarni oʻtkazish uchun ishlab chiqilgan maqsad, vazifa va tashkilot rejasi. U qoʻyilgan maqsadlar va vazifalarni amalga oshirishga yordam beradi

Maʼlumotlar toʻplami

foydalanishga qulay shaklda yaratilgan, muayyan fanni yoki taʼlim yoʻnalishini oʻzlashtirish uchun zarur boʻlgan, isbot talab qilmaydigan maʼlumotlar, ilmiy koʻrsatkich va oʻlchamlar, turli belgi va raqamlardan, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ishlab chiqarish, texnika, madaniy va boshqa sohalardagi qisqa ilmiy, amaliy, maʼlumotlardan tashkil topgan, taʼlim muassasalarining kengashi (pedagogika kengashi) tavsiyasi asosida chop etiladigan nashr