Portal test rejimida işlamoqda!

Öquv-metodik faoliyatga oid atamalar luğati

Repertuar toʻplami

muayyan cholgʻu turi, vokal yoʻnalishi yoki ijrochilik sinfi uchun tavsiya etilgan asarlar majmuasidir.

Resurslar

taʼlim jarayonida foydalaniladigan materiallar, vositalar va axborot manbalari.

Seminar

oʻquvchilar yoki mutaxassislar ishtirokida oʻtkaziladigan ilmiy yoki amaliy muhokama turidagi mashgʻulot

Tavsiya etilgan adabiyotlar

fanni oʻrganish uchun tavsiya etilgan kitoblar, maqolalar va boshqa manbalar roʻyxati

Taʼlim moduli

maʼlum mavzudagi bilim va koʻnikmalarni tizimli ravishda oʻz ichiga olgan oʻquv boʻlimi

Uslubiy koʻrsatma

muayyan fanning oʻquv dasturi boʻyicha kurs ishlari (loyihalari), laboratoriya va amaliy ishlarni, shuningdek bitiruvchilarning bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertatsiyalarini bajarish tartibi aniq va batafsil ifodalangan hamda ushbu fan boʻyicha bilim oluvchilarda zarur amaliy koʻnikmalar hosil qilishga moʻljallangan, taʼlim muassasalarining kengashi (pedagogika kengashi) tavsiyasi asosida chop etiladigan kichik adadli nashr

Uslubiy qoʻllanma

professor-oʻqituvchilar va bilim oluvchilar uchun moʻljallangan boʻlib, unda bir darsning maqsadi, dars oʻtish vositalari va ulardan foydalanish usullari, darsning mazmuni, amaliy mashgʻulotlar, qoʻshimcha topshiriqlar va boshqalar haqida tavsiyalar bayon qilinadigan, taʼlim muassasalarining kengashi (pedagogika kengashi) tavsiyasi asosida chop etiladigan nashr

Uslubiy tavsiyanoma

muayyan fanning oʻquv dasturi boʻyicha mavzularning asosiy mazmunini yoki ayrim murakkab mavzular va masalalarni oʻzlashtirish, nazariy va amaliy vazifalar, topshiriqlarni bajarish boʻyicha uslubiy yordam koʻrsatish va pedagogik tavsiya berishga qaratilgan yordamchi oʻquv adabiyoti hisoblanadigan, taʼlim muassasalarining kengashi (pedagogika kengashi) tavsiyasi asosida chop etiladigan kichik adadli nashr

Xrestomatiya

muayyan fan yoki taʼlim sohasi boʻyicha amaliy faoliyatni tashkil etishda foydalaniladigan, tanlab tuzilgan ilgʻor namuna, asar, mashq, topshiriq va materiallar toʻplamini oʻz ichiga olgan oʻquv-nazariy hamda badiiy-amaliy ahamiyatga ega nashrdir

Oʻqituvchi uchun metodik qoʻllanma

darslikdagi har bir mavzuni samarali oʻqitish metodikasi, qoʻshimcha sinov topshiriqlari va oʻqituvchining darsni qiziqarli tashkil etishiga oid boshqa metodik koʻrsatmalar berilgan, har bir darsning maqsadi, darsda foydalaniladigan vositalar va ulardan foydalanish usullari, darsning mazmuni, amaliy mashgʻulotlar, qoʻshimcha topshiriqlar va boshqalar haqida metodik koʻrsatmalar aniq bayon qilingan kitob shaklidagi oʻquv nashri