Öquv-metodik faoliyatga oid atamalar luğati
- Maʼruzalar kursi
fanning oʻquv dasturi boʻyicha maʼruzalar kursining nomi tegishli fan nomi bilan atalgan, undagi barcha mavzularning asosiy mazmuni qisqa yoritilgan, birlamchi yangi bilimlarni olishga qaratilgan, foydalaniladigan asosiy va qoʻshimcha oʻquv adabiyotlari koʻrsatilgan, oʻzini oʻzi nazorat qilishga oid savollar turkumi, mavzuga tegishli tayanch atama va iboralar keltirilgan, taʼlim muassasalarining kengashi (pedagogika kengashi) tavsiyasi asosida chop etiladigan nashr
- Maʼruzalar toʻplami
muayyan fanning oʻquv dasturi boʻyicha undagi ayrim mavzularning asosiy mazmuni qisqa yoritilgan, birlamchi yangi bilimlarni olishga qaratilgan, foydalaniladigan asosiy va qoʻshimcha oʻquv adabiyotlari koʻrsatilgan, oʻzini oʻzi nazorat qilishga oid savollar turkumi, mavzuga tegishli tayanch atama va iboralar keltirilgan, ilmiy-tadqiqot izlanishlari asosida muntazam yangilanib turiladigan, taʼlim muassasalarining kengashi (pedagogika kengashi) tavsiyasi asosida chop etiladigan kichik adadli nashr
- Metodik qoʻllanma
oʻqituvchi yoki mutaxassislar uchun darsni rejalashtirish, oʻtkazish va baholash usullarini bayon etuvchi amaliy tavsiyalar toʻplami
- Metodik tavsiyalar
oʻqituvchilar uchun taʼlim jarayonini samarali tashkil etish maqsadida tayyorlangan yoʻriqnomalar va tavsiyalar majmuasi.
- Metodika
ilmiy tadqiqot yoki oʻqitish jarayonida qoʻllaniladigan usullar tizimi va ularni tadbiq etish yoʻllari haqidagi taʼlimot
- Musiqa taʼlimida xrestomatiya
oʻquvchilar uchun moʻljallangan, tanlab olingan asarlar, kuylar, qoʻshiqlar, cholgʻu pyesalari yoki vokal mashqlari toʻplamidir.
- Nota daftari
oʻquvchilarning amaliy mashgʻulotlari uchun moʻljallangan maxsus daftar boʻlib, unda kuylar, mashqlar, lad va ritmik naqshlar yoziladi.
- Offlayn taʼlim vositalari
internetsiz sharoitda foydalanish mumkin boʻlgan elektron yoki bosma oʻquv vositalari
- Portfolio
oʻquvchi yoki oʻqituvchining bilim, koʻnikma va yutuqlarini namoyon etuvchi shaxsiy toʻplam.
- Raqamli oʻquv muhiti
taʼlim jarayonini raqamlashtirishga xizmat qiluvchi platforma yoki tizim (masalan, LMS, EduMarket, Moodle).